Ðåçóëüòàòîâ: 41

Andijonda qizni jinsiy aloqa uchun sotishga urinishdi. Ayblanuvchiga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Nemolchi.uz bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi yana bir jinoyat haqida xabar qildi. Andijonda IIB xodimlari bir qizning 1 mln so‘mga jinsiy aloqa uchun sotilishi oldini olgan. Biroq sud ishni odam savdosidan yengilroq modda - qo‘shmachilik sifatida qayta malakalab, ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. gazeta.uz »

2026-5-8 13:25

Bir nechta boshlang‘ich sinf o‘quvchisi sinfdosh qizni kaltakladi. Ona bolalar hamon o‘qishda davom etayotganidan shikoyat qildi

Toshkentdagi 300-maktabda bir necha 4-sinf o‘quvchisi sinfdosh qizni haqorat qilib, ulardan biri ko‘kragiga qattiq tepdi. Qizning onasi bezorilar hamon maktabda o‘qiyotganidan shikoyat qildi. MMTB ikki bolaning ota-onasiga jarima belgilangani, direktor va o‘qituvchilar esa javobgarlikka tortilganini bildirdi. gazeta.uz »

2025-10-14 21:48

Prezident Bo‘rijar kanalida qizni qutqarish jarayonida halok bo‘lgan Abdumannop Samiqovni “Jasorat” medali bilan taqdirladi

5-may kuni Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida cho‘kib ketayotgan qizni qutqarish jarayonida fuqaro Abdumannop Samiqov halok bo‘lgandi. Gazeta voqea haqida reportaj tayyorlagandi. Shavkat Mirziyoyev Samiqovni va ushbu jarayonda qatnashgan Nurmuhammad Mamasaliyevni “Jasorat” medali bilan mukofotladi. gazeta.uz »

2025-6-3 14:50

Boysunda yuk mashinasi 8 yoshli qizni urib yuborgach, qavariq o‘tish joyi tashkil etiladigan bo‘ldi

Surxondaryoning Boysun tumanida yuk mashinasi maktabdan chiqib, yo‘lni kesib o‘tayotgan qizni urib yubordi. U shifoxonada vafot etdi. YTHdan so‘ng qavariq (ko‘tarma) o‘tish joyini tashkil etishga qaror qilishdi, mahallada esa yig‘ilish o‘tkazilib, aholi farzandlarini doimiy ravishda nazorat qilishga chaqirildi. gazeta.uz »

2025-3-11 08:16

Italiyalik uch sportchi o‘zbekistonlik 17 yoshli qilichboz qizni zo‘rlagani aytilmoqda. Federatsiya hodisani rad etdi

Italiya matbuoti mamlakat o‘smirlar terma jamoasining uch nafar a’zosi o‘zbekistonlik 17 yoshli qilichboz qizni zo‘rlaganlikda gumonlanayotgani haqida xabar berdi. O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi raddiya e’lon qilib, Italiya qilichbozlik federatsiyasini “maxsus tayyorlangan yolg‘on xabar"da aybladi. gazeta.uz »

2024-3-5 16:32