Ðåçóëüòàòîâ: 67

Birinchi bosqich — o‘zini o‘zi tartibga solish, keyin — qonun. Markaziy bank — O‘zbekistondagi bo‘lib to‘lash bozori haqida

Markaziy bank bozor ishtirokchilari bilan birga BNPL (bo‘lib to‘lash) sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun axloq kodeksi joriy qilmoqda. Bozor ishtirokchilariga axborotni ochiqlash, “foizsiz” kabi so‘zlardan foydalanmaslik, qo‘shimcha to‘lov miqdorini majburiy ko‘rsatish singari qator talablar qo‘yiladi. gazeta.uz »

2025-10-27 17:55

“SIni tezroq rivojlantirish uchun ilg‘or, o‘zini oqlagan xorijiy va mahalliy tajribalarni o‘rganib borish zarur” — prezident

O‘zbekiston prezidenti mamlakatda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularni iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga keng joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Unda 2027-yilga qadar 1 mln nafar yosh sun’iy intellekt sohasidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi ma’lum qilindi. gazeta.uz »

2025-10-6 13:56

Toshkent ko‘chalarida Soliq dasturi orqali o‘zini o‘zi band qilishni so‘rovchilar paydo bo‘ldi

Toshkentda o‘tkinchilardan Soliq dasturi orqali o‘zini o‘zi band qilishni so‘rovchilar paydo bo‘ldi. “Topshiriq bor, reja qo‘yilgan”, dedi ulardan biri Gazeta muxbiriga. Soliq qo‘mitasi bunday topshiriq borligini rad etdi, Bandlik vazirligi bu ishlar bandlik ko‘rsatkichini yaxshilashga yordam bermasligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-8-18 18:45

O‘zbekistonda 2030-yil oxirigacha YTT va o‘zini bandlaganlar uchun alohida huquqiy rejim joriy etiladi

2030-yil oxiriga qadar YTTlar va o‘zini band qilganlar uchun yagona raqamli platformaga ega alohida huquqiy rejim joriy etiladi. U orqali faoliyatni rasmiylashtirish, hisob-kitoblarni boshqarish, soliq to‘lash, chek yaratish va elektron hamyon ochish mumkin bo‘ladi. Hujjatlar elektron kalitsiz imzolanadi. gazeta.uz »

2025-8-12 22:34

O‘zbekistonda 2030-yil oxirigacha YATT va o‘zini bandlaganlar uchun alohida huquqiy rejim joriy etiladi

2030-yil oxiriga qadar YATTlar va o‘zini band qilganlar uchun yagona raqamli platformaga ega alohida huquqiy rejim joriy etiladi. U orqali faoliyatni rasmiylashtirish, hisob-kitoblarni boshqarish, soliq to‘lash, chek yaratish va elektron hamyon ochish mumkin bo‘ladi. Hujjatlar elektron kalitsiz imzolanadi. gazeta.uz »

2025-8-12 22:34

Ekspert O‘zbekistonda shifokorlarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ishlashga ruxsat berishni taklif qildi

O‘zbekistonda shifokorlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomida ishlashiga ruxsat berish taklif qilindi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu shifokorlarga bemorlarga shifoxonalardan tashqarida qonuniy maslahat berish imkonini beradi, aholini qamrab olish darajasini oshiradi va qo‘shimcha soliq tushumlarini yaratadi. gazeta.uz »

2025-7-23 12:32

O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi — Davlat soliq qo‘mitasi

2-iyuldan onlayn taksi agregatorlari o‘zini o‘zi band qilgan va yillik daromadi 100 mln so‘mdan oshgan haydovchi va kurerlar daromadlaridan soliqni avtomatik ushlab qoladi. DSQ bu ularni soliqlarni hisoblash, to‘lash va hisobot topshirish kabi ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos etishini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-7-2 14:16

“O‘zbekistondan o‘rganadigan jihatlar ko‘p. YeI o‘zini eng aqlli deb hisoblaydi” — Slovakiya bosh vaziri

“O‘zbekistonda siyosiy kun tartibi deb atash mumkin bo‘lgan narsa yo‘q”, - dedi Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso. U O‘zbekistonni mustaqil tashqi siyosatga ega mamlakat deb atadi, boshqaruv modelidan hayratda ekanini bildirdi va “o‘ziga bino qo‘ygan” Yevropa Ittifoqiga “biroz kamtarroq bo‘lishni” taklif qildi. gazeta.uz »

2025-6-10 14:23

“Qurganlarning o‘zini ham kanalga tushirish kerak, chiqa olarmikan?” Bo‘rijarda cho‘kayotgan qizchani qutqarib halok bo‘lgan erkakning yaqinlari bilan intervyu

Toshkentdagi Bo‘rijar kanaliga tushib ketgan qizchani qutqarishga shoshilib, cho‘kib ketgan erkakning yaqinlari “Gazeta. uz”ga intervyu berdi. Ularga ko‘ra, fojiadan so‘ng hukumat oiladan hol-ahvol so‘ramagan, kanal atrofi esa xavfli bo‘lib qolmoqda. gazeta.uz »

2025-5-22 08:31

“Bilimlar bog‘i” paviloni. O‘zbekiston Yaponiyadagi Expo-2025 ko‘rgazmasida o‘zini dunyoga qanday tanitadi?

Osaka shahrida o‘tadigan Expo-2025 butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni mamlakatning madaniy merosi, innovatsiya va rivojlanish yo‘lidagi intilishlarini namoyish etadi. “Bilimlar bog‘i” me’moriy loyihasi Germaniyada dizayn mukofotida oltin medal olib ulgurgan. “Gazeta.uz” bu kompleks bilan tanishdi. gazeta.uz »

2025-4-12 14:13

Diabet sabab o‘zini qadrlashni o‘rgangan kutubxonachi. Zuhra Ahmadjonovaning hikoyasi

U hayoti davomida ko‘p qiyinchilik, xo‘rlliklarga uchragan. Farzand dog‘i kuchli depressiyaga tushirgan. “Iroda” loyihasining bu galgi qahramoni - 35 yoshida qo‘yilgan diabet tashxisidan so‘ng sog‘ligiga e’tibor bera boshlagan, kutubxonadagi ishini esa hayotining eng yaxshi bobi deb hisoblovchi Zuhra Ahmadjonova. gazeta.uz »

2025-3-31 21:26

Yevropa davlatlari AQShsiz ham o‘zini himoya qila oladi, ammo ularga ko‘proq uyg‘unlik kerak — tadqiqot

Yevropa davlatlari AQSh yordamisiz o‘zini himoya qilishi uchun mudofaaga har yili 250 mlrd yevro atrofida sarflashi kerak, deyiladi “Bryugel” va Kil institutlari tadqiqotida. Unga ko‘ra, bu mablag‘ni mamlakatlar iqtisodi ko‘tara oladi, lekin qit’ada mudofaani muvofiqlashtirish asosiy muammo bo‘lib qolmoqda. gazeta.uz »

2025-2-21 20:30

O‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik bilan shug‘ullanishga doimiy ruxsat beriladi

Jismoniy shaxslarning o‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik bilan shug‘ullanishiga doimiy ruxsat beriladi. Boshida bu tartib 2024-yil oxirigacha joriy etilgandi. Taksi bozoridagi agregatorlar faoliyati tartibga solinadi, ularning davlat, haydovchi va yo‘lovchilar oldidagi majburiyati aniq belgilab qo‘yiladi. gazeta.uz »

2025-1-12 07:36

“Biz uni eslaymiz, faqat endi o‘zini istamaymiz. Unga qaytish yo‘qdir!” — Turkiston muxtoriyati haqidagi kitoblardan parchalar

Bundan 107 yil avval Qo‘qonda Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. Atigi 72 kun faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa-da, u mintaqadagi ilk demokratik hukumat sifatida tarixda qolgan. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan so‘nggi yillarda Turkiston muxtoriyati mavzusida chop etilgan kitoblardan parchalar yig‘di. gazeta.uz »

2024-11-27 18:09

“O‘zbekistonda kamida har yetti o‘quvchidan bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi” — MHTI

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti O‘zbekistondagi maktablarda bulling yoki bezorilik o‘quvchilarning akademik yutuqlariga qanday ta’sir qilishini o‘rgandi. Tahlillarga ko‘ra, kamida har yetti o‘quvchidan bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi va zo‘ravonlik yoki bezorilikka guvoh bo‘lgan. gazeta.uz »

2024-11-22 09:08

“O‘zini hamprezidentdek tutyapti”. Trampning atrofidagilar Maskdan charchay boshladi — NBC

Milliarder Ilon Mask saylangan prezident Donald Trampga deyarli doim yaqin bo‘lib, qarorlariga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. Bu siyosatchi atrofidagilarni g‘azablantira boshlagan, ularga ko‘ra, Mask “o‘zini hamprezidentdek tutyapti”, Trampni “o‘zidan qarzdor his qildirish"ga harakat qilyapti, deb yozdi NBC. gazeta.uz »

2024-11-15 20:52