Ðåçóëüòàòîâ: 100

Xitoy va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar natijalari Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmaydi — ekspert

Tramp va Si Szinpin oxirgi 9 yilda ilk bor Xitoyda uchrashdi. Gazeta ekspert Temur Umarov bilan biror-bir yutuqni kutish kerakmi, tomonlar qanday maqsadlarni ko‘zlamoqda va sammit dunyo hamda MO uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-5-14 16:39

“O‘zbekneftgaz” istiqbolli konlarda seysmik qidiruv ishlariga Xitoy kompaniyalarini jalb qiladi

“O‘zbekneftgaz” Xitoyning BGP, Yuhang va CNPC kompaniyalari bilan seysmik qidiruv, burg‘ilash va texnologiyalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi. 2026-yilda Muborak va Ustyurtda tadqiqotlar, kamida 6,5 ming kv km maydonda 3D seysmika va quduqlar burg‘ilash rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2026-2-5 08:59

Xitoy yashirin eshik tutqichlari mavjud avtomobillar ishlab chiqarishni taqiqladi

Xitoy yashirin eshik tutqichli avtomobillar ishlab chiqarishni taqiqlab, bunday tuzilmadan voz kechgan birinchi davlatga aylandi. Qaror qator o‘lim bilan tugagan YTHlardan so‘ng qabul qilindi - bunday mexanizmli mashinalarda yo‘lovchilar avtomobildan chiqib keta olmagan. Yangi standartlar 2027-yildan kuchga kiradi. gazeta.uz »

2026-2-4 20:04

O‘zbekiston va Xitoy “Samarkand-2028” masofaviy zondlash sun’iy yo‘ldoshini uchirishga tayyorlanmoqda

O‘zbekiston 2026-yilda “Samarkand-2028” masofaviy zondlash sun’iy yo‘ldoshini uchiradi. Xitoy kompaniyasi o‘z giperspektral apparatlaridan biriga shunday nom beradi. SI modulli sun’iy yo‘ldosh paxta va g‘alla vegetatsiyasini aniqlay oladi, dedi raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos. gazeta.uz »

2025-12-2 21:40

O‘zbekiston Xitoy va Janubiy Koreyadan o‘nlab poyezdlar sotib oladi, Hyundai Rotem dekabrdan kela boshlaydi

Hyundai Rotem tezyurar poyezdlari dekabrdan O‘zbekistonga yetib kela boshlaydi, 2026-yildan esa “Toshkent - Urganch - Xiva” yo‘nalishida harakatlanadi. Toshkent va uning aglomeratsiyasi uchun 23 ta “elektrichka”, tog‘li uchastkalar uchun Janubiy Koreya poyezdlari va Xitoydan 88 ta lokomotiv xarid qilish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-11-13 20:57

Xitoy tajribasiga juda katta e’tibor berilyapti — Jamshid Qo‘chqorov kambag‘allikni qisqartirish siyosati haqida

Jamshid Qo‘chqorov kambag‘allikka qarshi kurashish siyosatida Xitoy tajribasiga katta e’tibor berilayotganini ta’kidladi. U, shuningdek, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish siyosatining asoschisi va muallifi ekanini, bu siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanayotganini aytdi. gazeta.uz »

2025-9-22 09:36

Gruziyaga Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temiryo‘li loyihasida qatnashish taklif etildi

Transport vazirligida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temiryo‘li kelgusida xalqaro transport yo‘laklari tizimiga, jumladan, O‘rta yo‘lakka integratsiyalashuvini inobatga olib, gruzin tomoniga ushbu loyihada ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etildi. gazeta.uz »

2025-7-24 13:53

Xitoy O‘zbekistondagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilishda davom etmoqda

Xitoy O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilishda davom etmoqda, deb xabar bermoqda Milliy statqo‘m. 1-iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda xorijiy kapital ishtirokidagi 16,6 mingdan ortiq korxona ro‘yxatga olingan - o‘tgan yilga nisbatan 20% ko‘p. gazeta.uz »

2025-7-14 17:01

“„Markaziy Osiyo — Xitoy“ hamkorligi savdo doirasidan tashqariga chiqib, institutsional ahamiyat kasb etmoqda” — ekspertlar

“Markaziy Osiyo-Xitoy” sammitida imzolangan Do‘stlik shartnomasi xavfsizlik kafolati hisoblanadimi va nima uchun “C5+” formati mintaqaning o‘zi uchun muhim? Cammit natijalari, Xitoy bilan munosabatlardagi rivojlanish nuqtalari va ehtimoliy muammolar - mintaqa ekspertlarining Gazeta uchun maxsus sharhida. gazeta.uz »

2025-6-27 14:29

O‘zbekiston, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari yagona energetika tizimi loyihasini muhokama qildi — energetika vaziri o‘rinbosari

O‘zbekiston Qozog‘iston va Qirg‘iziston orqali Xitoyga transchegaraviy elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha hisob-kitoblarni boshlagan. Energetika vaziri o‘rinbosarining aytishicha, loyiha mintaqadagi energiya tizimlarini birlashtirish va mavsumga qarab energiya almashinuvini ta’minlashga qaratilgan. gazeta.uz »

2025-6-19 13:15

Temiryo‘l qurilishi va JSTga a’zolik: Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi bilan muzokara o‘tkazdi

Ostonada Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpin bilan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishini jadallashtirish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishni muhokama qildi. O‘zbekistonning JSTga a’zoligi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlanganiga oid bayonnoma imzolangani e’lon qilindi. gazeta.uz »

2025-6-17 12:04

Kinotavsiya: xorror muxlislari uchun bayram, 2 mlrd topgan Xitoy multfilmi va Bred Pittning qaytishi

Sarvar Karimov “Kinotavsiya”da iyun oyidagi premeralar haqida hikoya qiladi. Bu sonda multfilmlar tarixida eng ko‘p kassa yig‘imlarini qayd etgan “Nechja”, “Balerina” jangari kartinasi, Bred Pittning yangi roli, Nikolas Keydjning “Syorfer” trilleri va bir qancha xorrorlar haqida gap boradi. gazeta.uz »

2025-6-13 18:10