Ðåçóëüòàòîâ: 40

Afg‘oniston Pokiston aviazarbalari ortidan yuzlab odam halok bo‘lganini bildirdi. Islomobod hujumga aloqadorligini rad etmoqda

Afg‘oniston Pokistonni Kobuldagi giyohvandlikka chalinganlar reabilitatsiya markaziga aviazarba berganlikda aybladi. Hukumatga ko‘ra, kamida 400 kishi halok bo‘lgan, yana 250 kishi jarohat olgan. Pokiston esa kasalxonaga hujum qilinganini rad etib, nishonlar harbiy obyektlar va infratuzilma bo‘lganini bildirdi. gazeta.uz »

2026-3-18 15:24

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili YI elchisi bilan Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev YIning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchisi Jil Bertran bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar Afg‘oniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat hamda O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-3-10 17:18

O‘zbekiston va Afg‘oniston logistika sohasida qo‘shma korxona tashkil qildi

O‘zbekistonning Sogdiana Trans va Afg‘onistonning Khan Daqiq Trading kompaniyalari Kobulda logistika sohasida qo‘shma korxona tashkil qildi. Qozog‘iston, Belarus, Rossiya, Boltikbo‘yiga yuk yetkazib berish hamda Yevropa, MDH, Afg‘oniston va Pokistonni bog‘laydigan yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-9-26 10:48

Mirziyoyev va Barodar uchrashuvi. O‘zbekiston va Afg‘oniston nimalar to‘g‘risida kelishib oldi?

Afg‘oniston O‘zbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishni va Markaziy Osiyo hamda Rossiyaga eksport hajmini oshirishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston elektr energiyasi yetkazib berishga, sement ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash, tuz qazib olish va qayta ishlashga sarmoya kiritishga tayyor. gazeta.uz »

2025-7-4 12:57

Prezident Afg‘oniston bilan chegaraoldi savdo va sanoat kooperatsiyasini kuchaytirishni taklif qildi

O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaraoldi savdo va tegishli infratuzilma, qazib chiqarish, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda hamkorlikni rivojlantirmoqchi. Shavkat Mirziyoyev va Mulla Abdul G‘ani Barodar Xonkendidagi uchrashuvda Transafg‘on temiryo‘li qurilishini jadallashtirish zarurligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-7-3 16:57

“O‘zbekiston Afg‘oniston va mintaqaning boshqa mamlakatlariga kirishda darvoza bo‘lishi mumkin” — Slovakiya bosh vaziri

“Agar biz, slovaklar, aql bilan ish tutsak, O‘zbekiston biz uchun Afg‘oniston va mintaqaning boshqa mamlakatlariga kirish darvozasi bo‘lishi mumkin”, - dedi Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso. U AES va mehnat migratsiyasidagi qo‘shma loyihalarga qiziqish bildirdi. Uning aytishicha, Slovakiya 150 ming ishchiga muhtoj. gazeta.uz »

2025-6-10 12:08

“Vaqti-soati kelganida, tan olamiz”. Abdulaziz Kamilov — Afg‘oniston hukumati haqida

O‘zbekiston “Tolibon” harakati bilan to‘laqonli muloqot qilishga, ularni eshitish uchun minbar berishga chaqiradi, dedi Abdulaziz Kamilov. Uning aytishicha, O‘zbekiston Afg‘oniston muvaqqat hukumatini “vaqti kelganda” tan oladi, biroq buni xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda amalga oshirishni istaydi. gazeta.uz »

2025-6-2 12:10

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi olib o‘tilgan samolyotlarning O‘zbekistonga berilishiga qarshi chiqdi

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi mamlakatdan olib chiqilgan harbiy samolyotlar va vertolyotlarning O‘zbekistonda qolishiga qarshi chiqdi va aviatexnikalar taqdiri bo‘yicha har qanday kelishuv “qabul qilib bo‘lmaydigan” ekani va AQShning “afg‘on xalqi mulkini O‘zbekistonga xayriya qilishga haqqi yo‘q”ligini ta’qidladi. gazeta.uz »

2024-8-28 18:06

O‘zbekiston va Afg‘oniston yuk tashuvlari to‘lovlarini kamaytirish va tranzit bitimini muhokama qildi

Afg‘oniston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifida yuk tashuvlar uchun to‘lov va yig‘imlarni kamaytirish hamda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi tranzit bitimi muhokama qilindi. Tomonlar Hayraton-Mozori Sharif temiryo‘l liniyasini rekonstruksiya qilish bo‘yicha shartnoma muddatini yana 6 oyga uzaytirdi. gazeta.uz »

2024-7-9 12:16