Ðåçóëüòàòîâ: 49

Yanvar-mart oylarida biznes tomonidan xorijiy valyutaga talab taklifga nisbatan tezroq o‘sdi

Yanvar-mart oylarida aholi banklarga sotib olganidan $2,9 mlrd ko‘proq valyuta sotdi. Ayni paytda biznes tomonidan xorijiy valyutaga talab (23%) taklifga (11%) nisbatan tezroq o‘sdi. Valyutaga talab ortishi fonida Markaziy bank almashuv kursi 1,5% ga pasayib, kunlik tebranuvchanlik darajasi ikki karra oshdi. gazeta.uz »

2026-4-23 09:34

“Uch oyda xodimlar tomonidan 36 ta jinoyat sodir etildi” — Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari

2026-yilning yanvar-mart oylarida ichki ishlar xodimlari tomonidan 36 ta jinoyat sodir etildi, xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzgan 32 nafar xodim tizimdan bo‘shatildi. IIV rahbari o‘rinbosariga ko‘ra, o‘tgan uch oyda 10 nafar xodim xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdi, 39 nafari esa jarohatlandi. gazeta.uz »

2026-4-12 10:33

Futbol klublari to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Ularga 2026-yilda budjetdan 560 mlrd so‘m ajratiladi

O‘zbekistonda futbol klublarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat budjetidan moliyalashtirish modeli joriy etiladi. 2026-yilda jamoalar 560 slrd so‘m - har biri 35 mlrd so‘mdan oladi. Ular uchun ham daromad solig‘i bekor qilinadi, ijtimoiy soliq stavkasi esa 1 foizni tashkil etadi. gazeta.uz »

2026-3-26 14:03

Toshkent viloyatida 11-sinf o‘quvchisi tengdoshlari tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Tafsilotlar

Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisi bir guruh o‘smirlar bilan janjal oqibatida vafot etdi. Marhum avval kaltaklangan, so‘ng uning ko‘krak qismiga pichoq bilan jarohat yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Marhumning yaqinlari qonuniy chora ko‘rilishini so‘ramoqda. gazeta.uz »

2026-3-11 22:53

Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan qatnashgan va buni yashirish uchun pasportini yirtib tashlagan fuqaro 3 yil 1 oyga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudida Ukrainadagi urushda Rossiya tomonidan qatnashgan 40 yoshli fuqaro 3 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. U Lugansk va Donetskda Rossiya armiyasi safida xizmat qilgan, so‘ng buni yashirish uchun pasportini yirtib tashlagan va Rossiya fuqaroligini olgan. gazeta.uz »

2025-10-15 16:15

Mansabdor shaxslar tomonidan yetkazilgan zararni uning o‘zidan undirib olish tartibi joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda jismoniy yoki yuridik shaxsga yetkazilgan hamda sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zararni hududiy kompensatsiya jamg‘armalari hisobidan qoplab berilib, keyinchalik aybdor deb topilgan mansabdor shaxsdan to‘liq miqdorda undirib olish tartibi joriy etilishi mumkin. gazeta.uz »

2025-8-19 12:32

O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari yil boshidan buyon 5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqardi

O‘zbekistonda yil boshidan beri quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Generatsiyaning 3,125 mlrd kVt/soatlik qismi quyosh elektr stansiyalari tomonidan, 1,915 mlrd kVt/soatlik qismi esa shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarildi. gazeta.uz »

2025-7-7 12:21

Italiyada sun’iy intellekt tomonidan yozilgan dunyodagi birinchi gazeta nashr etildi

Italiyada Il Foglio gazetasi neyron tarmog‘i tomonidan yozilgan birinchi sonni nashr etdi. Sun’iy intellekt barcha material va sarlavhalarni o‘zi tayyorlagan. Bunda yangi texnologiyalarning inson hayoti va faoliyatiga ta’sirini o‘rganish reja qilingan. U 4 sahifadan iborat bo‘lib, bosma va onlayn shaklda mavjud. gazeta.uz »

2025-3-19 17:35

Oiladagi zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra sud tomonidan yarashish uchun muhlat tayinlamasligi belgilanmoqda

Endi oiladagi zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra sud tomonidan yarashish uchun muhlat tayinlamasligi mumkin. Shuningdek, nizodan so‘ng erga turar joyga majburiy tartibda kiritilayotgan ayolni o‘ziga tegishli boshqa uyga kiritish majburiyati yuklatishi mumkin. Senat tegishli qonunni ma’qulladi. gazeta.uz »

2025-2-22 07:52

Qurilish vazirligi “xalq tomonidan tan olinib kelinayotgan” UJMShlar ishiga aralashganlik uchun javobgarlik bilan tahdid qildi

Qurilish vazirligi Toshkentda ko‘p qavatli uylar boshqaruv shaklini o‘zgartirishga majburlashning yangi to‘lqini haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. “Xalq tomonidan tan olinib kelinayotgan” UJMShlar ishiga aralashish javobgarlikka sabab bo‘lishi, “har bir soha doimiy takomillashtirilishi kerak"ligi ta’kidlandi. gazeta.uz »

2025-2-12 20:09