Ðåçóëüòàòîâ: 91

Davlat qabul komissiyasining ayrim vakolatlari Oliy ta’lim vazirligiga o‘tkaziladi

Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining ayrim vakolatlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga o‘tkaziladi. Qabul natijalarini tasdiqlash, hujjat topshirish va kontrakt to‘lovlarining so‘nggi kunini belgilash hamda o‘qishini ko‘chirish arizalarni ko‘rib shular jumlasidan. gazeta.uz »

2026-4-13 14:01

1-maydan alimentdan qarzdorlarga ayrim turdagi kredit va davlat xizmatlari cheklanadi

Prezident farmoniga ko‘ra, 1-maydan alimentdan qarzdorlarga ayrim turdagi moliya-kredit va davlat xizmatlaridan foydalanish cheklanadi. Shuningdek, sud hujjatlari ijrosini ta’minlashda sun’iy intellekt texnologiyalarini keng qo‘llash va soliq qarzini undirishda yangicha yondashuv joriy etish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-4-1 10:42

Yo‘l harakati bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish joriy etildi

O‘zbekistonda yo‘l harakati bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish amaliyoti joriy etildi. Shuningdek, YHQ buzilgani maxsus texnika vositalari orqali qayd etilganda ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay qo‘llanilishi shartligi belgilandi. gazeta.uz »

2026-2-5 12:14

O‘zbekistonning ayrim elchixonalarida madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi

O‘zbekistonning Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, AQSh, BAA va Rossiyadagi elchixonalarida madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi. U tegishli davlatdagi diplomatik vakolatxona rahbariga bo‘ysunadi va uning 2 tomonlama munosabatlarni rivojlantirish faoliyatiga ko‘maklashadi. gazeta.uz »

2026-2-3 14:07

Deputat sog‘liqni saqlash sohasidagi ayrim xarajatlar qisqartirilayotganini ko‘rsatdi, SSV buni rad etdi

Deputat Muhammad Valiyev bir qator tibbiy dasturlar, jumladan, spinal mushak atrofiyasi bo‘lgan bolalarga yordam ko‘rsatish va OIVga qarshi kurashish xarajatlari qisqartirilayotganini ko‘rsatdi. SSV rahbari o‘rinbosari Elmira Bositxonova buni rad etib, mablag‘larning qayta taqsimlanishini tushuntirdi. gazeta.uz »

2025-12-5 15:22

O‘zbekistondagi ayrim chiqindi poligonlarini yashil hududga aylantirish rejalashtirilmoqda

Chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavodlar hozirda taxminan 40% qurib bitkazilgan. Ularni 2026-yil oxirigacha oltita hududda yakunlash rejalashtirilgan. Bu zavodlarning ishga tushirilishi poligonlar sonini qisqartirib, ularni ekologik xavfsiz hududlarga aylantirish imkonini beradi. gazeta.uz »

2025-12-4 22:29

O‘zbekistonda ayrim ish turlarini eksterritorial ko‘rish joriy etiladi va sudyalar vakolat muddatlari qayta ko‘rib chiqiladi

Prezidentga sud-huquq tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari taqdim etildi. Fuqarolik va iqtisodiy sudlardagi nizosiz ishlarni ma’muriy sudlarga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Ishlarni eksterritorial tarzda ko‘rib chiqish joriy etiladi va sudyalar vakolat muddati qayta ko‘rib chiqiladi. gazeta.uz »

2025-8-21 17:36

Sud ayrim gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarning O‘zbekistondan chiqishini vaqtincha cheklashi mumkin

O‘zbekistonda qamoqqa olinmagan, ammo suddan qochishi mumkin bo‘lgan gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchilarning mamlakatdan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tartibi joriy etilmoqda. Bu chora suddan uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlash uchun asoslar mavjud bo‘lganda qo‘llanadi. gazeta.uz »

2025-8-15 18:00

Toshkentning ayrim ko‘chalarida tezlik chegarasini 80 km/soatgacha oshirish reja qilinmoqda

Toshkentdagi THAY, Ahmad Donish va Yangi O‘zbekiston kabi beshta ko‘chada tezlik chegarasini 80 km/soatgacha oshirish va 12 ta ko‘chada bir tomonlama harakatlanishni joriy etish reja qilinmoqda. YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Elmurod Alimovga ko‘ra, 500 ta svetofor uzluksiz elektr ta’minoti bilan jihozlanishi mumkin. gazeta.uz »

2025-8-12 15:36

Ayrim fuqarolarga kasb-hunar kurslarida ta’lim olish davrida stipendiya to‘lanadi

O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslarga, 3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda ta’lim olayotgan Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalar a’zolariga va doimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab ta’lim olayotgan shaxslarga kasb-hunar kurslarida ta’lim olish davrida 1 mln 271 ming so‘m stipendiya to‘lanadi. gazeta.uz »

2025-8-8 15:51

Surxondaryoda M39 yo‘lining ayrim qismlarida harakat tezligi cheklovi 130 km/soatgacha oshirilishi mumkin

Surxondaryo viloyatida xalqaro toifadagi M39 yo‘lining ayrim qismlarida harakat tezligi cheklovi 90, 100 va 130 km/soatgacha oshirilishi rejalashtirilmoqda. Shu masala bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh yo‘lning tegishli qismlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng tezlik chegarasini oshirishni ma’qulladi. gazeta.uz »

2025-8-7 09:39

Ayrim ota-onalar bolalarini tilanchilikka jalb qilishni o‘ziga kasb qilib olgan — bolalar ombudsmani

Bolalar ombudsmani idorasi ayrim ota-onalar farzandlarini tilanchilikka jalb qilishni o‘ziga kasb qilib olgani va ularni o‘rta ta’limdan tashqarida qoldirayotganini aniqladi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ana shunday oilalar bilan ish olib boradi, ularga manzilli yordam ko‘rsatadi. gazeta.uz »

2025-5-6 12:58