Ðåçóëüòàòîâ: 15

“Savollar paydo bo‘lmasa, qarshilik ham bo‘lmaydi”. Tashkent Urban Forum ekspertlari — shahar, quruvchilar va aholi o‘rtasidagi muloqot muhimligi haqida

III Toshkent urban forumida davlat organlari, quruvchilar va shaharliklar o‘rtasidagi muloqot muammolari muhokama qilindi. “Shaharga o‘z qarorlarini tushuntirish, aholiga esa o‘z fikrini bildirish imkoniyatini berish muhim”, deydi Gazeta`ning axborot hamkorligi loyihalari menejeri, bosh muharrir Sabina Bakayeva. gazeta.uz »

2026-4-30 10:55

“Fuqarolar erkinligini cheklash hech qachon to‘g‘ri qaror bo‘lmaydi”. Pavel Durov — Rossiyada Telegram faoliyati cheklanishi haqida

Fuqarolar erkinligini cheklash hech qachon to‘g‘ri qaror emas, dedi Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiyaning messenjerga qarshi cheklovlarni kuchaytirish qaroridan so‘ng. U Eronning platformani taqiqlashga bo‘lgan urinishi ish bermaganini eslatib, Telegram so‘z erkinligi tarafdori ekanini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-2-11 14:52

“Tandirda non yopgan ayolda rak bo‘lmaydi”. Zoyir Mirzayev ayollar tandirda non yopmay qo‘yganini tanqid qildi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayollar orasida onkologik kasalliklar ko‘pligining sabablaridan biri sifatida ular tandirda non yopmay qo‘yganini aytdi. “Tandirda non yopgan ayolda rak kasali bo‘lmaydi… Sababi - [tandir oldiga] borganda organizm qiziydi, keyin qon tez aylanadi”, - dedi hokim. gazeta.uz »

2025-11-24 16:05

“Buni o‘zgartirib bo‘lmaydi, buzilib qoladi”. Tegirmonchi Chorshanbi akaning hikoyasi

Boysunda, tog‘lar orasida, 35 yildan buyon ishlab turgan suv tegirmoni bor. Xo‘jamayxonaga kelganlarning ko‘pi shu tegirmonda yanchilgan undan tayyorlangan nonni yeb ketadi. “Suv bo‘lsa bo‘ldi, bu tegirmon ishlayveradi”, - deydi tegirmonchi Chorshanbi aka. Gazeta uning hikoyasini e’tiboringizga havola qiladi. gazeta.uz »

2025-8-23 11:17

“Chegaralarni kuch bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”. YI yetakchilari Tramp va Putin uchrashuvi oldidan Ukrainani qo‘llab-quvvatladi

Yevropa Ittifoqi yetakchilari Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi oldidan bayonot berib, Ukraina o‘z kelajagi bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, xalqaro chegaralarni kuch bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmasligi bildirildi. gazeta.uz »

2025-8-11 17:03

“Birorta attraksion ham, restoran ham bo‘lmaydi”. Toshkentdagi sobiq astronomiya bog‘i jamoatchilik parkiga aylantiriladi

7 yildan beri taqdiri hal bo‘lmay kelayotgan Toshkentdagi sobiq astronomiya bog‘ini 2025-yil oxirigacha “Oxygen park” nomli jamoatchilik parkiga aylantirish reja qilinmoqda. Atrofiga panjara-to‘siqlar o‘rnatilmaydigan park 24/7 ishlaydi, loyiha davlat budjetidan moliyalashtirilmaydi, dedi ekologiya vaziri. gazeta.uz »

2024-9-12 10:28