Ðåçóëüòàòîâ: 32

Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova bo‘yicha iste’molchilardan 2,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ asossiz undirilgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlarini ko‘rsatishda iste’molchilardan 2,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar asossiz undirilganini aniqladi va xizmat ko‘rsatuvchiga ushbu mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. gazeta.uz »

2026-3-3 13:24

Sea Breeze loyihasi oqova va ichimlik suv tizimlari hamda Chorvoq va Toshkentga qanday ta’sir qiladi?

Sea Breeze Uzbekistan kurortining oqova va ichimlik suv tizimlari 2027-yil yakunigacha qurilishi aytilmoqda. Majmuaga Chorvoq suv omboridan yiliga 10 mln kub metr suv olish ko‘zda tutilyapti. “Loyiha Toshkent aholisi ichimlik suviga ta’sir qilmaydi”, - dedi Toshkent viloyati hokimligi vakili. Gazeta reportaji. gazeta.uz »

2026-2-16 02:33

“Ichimlik va oqova suv uchun respublika bo‘yicha yagona narx joriy qilish rejalashtirilmoqda” — “O‘zsuvta’minot”

Ichimlik va oqova suv uchun respublika bo‘yicha yagona narx joriy qilinishi kutilmoqda. “Bu ijtimoiy va geosiyosiy, qolaversa, texnik jihatdan katta tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. Yaqin kelajakda jamoatchilik muhokamasini o‘tkazib, so‘ng yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi”, - dedi “O‘zsuvta’minot” rasmiysi. gazeta.uz »

2025-2-17 12:34

“O‘zbekiston aholisini ichimlik suvi bilan 100 foiz ta’minlashning imkoni yo‘q” — “O‘zsuvta’minot”

“O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, aholini ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash imkonsiz. Ammo 2035-yilgacha bu ko‘rsatkichni 95 foizga yetkazish reja qilingan. “Qolgan 5 foizi olis va tog‘li, tarmoq tortish ishlari texnik va iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydigan hududlarga to‘g‘ri keladi”, - dedi tashkilot vakili. gazeta.uz »

2025-2-15 10:44

“Iste’molchilarning ichimlik suvidan 1 trln so‘m qarzi mavjud” — “O‘zsuvta’minot”

O‘zbekistonda iste’molchilarning ichimlik suvidan qarzdorligi 1 trln so‘mni tashkil etmoqda. Shundan, 740,5 mlrd so‘mi jismoniy, qolgani esa yuridik iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. “O‘zsuvta’minot” vakiliga ko‘ra, eng ko‘p qarzdor hududlar Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlari hisoblanadi. gazeta.uz »

2024-5-17 16:15