Ðåçóëüòàòîâ: 42

Pedagoglar farzandlariga OTM kontrakti uchun 30 foiz chegirma berish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda pedagoglar farzandlariga davlat OTMlarida o‘qish uchun kontrakt to‘lovining 30% miqdorida chegirma berish taklif qilinmoqda. Imtiyoz 2026/2027 o‘quv yilidan joriy etilishi mumkin. Chegirma faqat bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida bazaviy kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarga tatbiq etiladi. gazeta.uz »

2026-5-15 10:42

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi, lekin YIM o‘sishi bo‘yicha prognozlarni yaxshiladi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Inflyatsiya yillik hisobda 7,1 foizgacha pasaydi, iqtisodiyot prognozlardan tezroq o‘smoqda, biroq tashqi xatarlar va mamlakat ichidagi barqaror inflyatsion bosim pul-kredit siyosatini yumshatish imkonini bermayapti. gazeta.uz »

2026-4-29 09:42

Inflyatsion xatarlar fonida Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi va buni bazaviy inflyatsiyaning tezlashayotgani hamda ichki talabning barqarorligi bilan izohladi. Geosiyosiy keskinlikning kuchayishi import narxlari orqali inflyatsiyaga qo‘shimcha bosim yaratmoqda. So‘m kursiga jiddiy bosim kuzatilmayapti. gazeta.uz »

2026-3-18 10:20

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida qoldirdi, inflyatsiya prognozini yaxshiladi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida qoldirdi. Shuningdek, regulyator joriy yil uchun inflyatsiya prognozini 7,3 foizgacha yaxshiladi, bu avvalgi hisob-kitoblardan past. Shuningdek, xizmatlar sohasida iste’mol talabi, taklif omillari va narxlar o‘sishi bilan bog‘liq xatarlar saqlanib qolmoqda. gazeta.uz »

2025-12-11 14:30

BAA kompaniyasi O‘zbekistondagi “Yashil Energiya”ning 51 foiz ulushini sotib oldi

BAAning GSU kompaniyasi quyosh panellarini o‘rnatish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi “Yashil Energiya” kompaniyasining 51 foiz ulushini sotib oldi. Kompaniya kichik quyosh energetikasi, mini GESlar va elektromobillar uchun zaryadlash infratuzilmasini rivojlantirishga 27 mln dollar sarmoya kiritadi. gazeta.uz »

2025-9-26 15:28

“Namanganda avtomobillarni ijaraga beruvchi guruhlarning 90 foiz a’zosi maktab o‘quvchilari” — viloyat YHXB boshlig‘i

Namangan viloyati YHXB boshlig‘i Mansur Gaziyev avtomobillarni ijaraga beruvchi “Namangan yezda” Telegram kanalining 90 foizi voyaga yetmaganlar, asosan, maktab o‘quvchilari ekanini ma’lum qildi. Avtomobilni ijaraga berayotgan shaxslarning ko‘pchiligi esa o‘zi avtomobilini ijaraga olgan yoki kredit to‘layotganlar. gazeta.uz »

2025-4-27 10:10

Ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon bo‘ladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev ayol tadbirkorlarga kredit stavkasi boshqalarga nisbatan 2 foiz arzon bo‘lishini aytdi. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion so‘mlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trillion so‘m yoshlarga, yana shunchasi ayollar tadbirkorligi loyihalari uchun yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-3-19 09:20

Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 9,6 foiz emas, balki 16,8 foiz bo‘lardi — Jahon banki

Jahon bankiga ko‘ra, o‘zbekistonlik muhojirlar oqimi Qirg‘iziston va Tojikistonga qaraganda xilma-xilroq: ularning 57 foizi Rossiyani tanlaydi, 15 foizi Qozog‘istonda, 10 foizi Ukrainada ishlamoqda. O‘zbekiston YAIMda migrantlar o‘tkazmalari ulushi 14 foizni tashkil etadi, bu ham qo‘shnilarga qaraganda kamroq. gazeta.uz »

2025-3-11 15:32

“O‘zbekiston aholisini ichimlik suvi bilan 100 foiz ta’minlashning imkoni yo‘q” — “O‘zsuvta’minot”

“O‘zsuvta’minot”ga ko‘ra, aholini ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash imkonsiz. Ammo 2035-yilgacha bu ko‘rsatkichni 95 foizga yetkazish reja qilingan. “Qolgan 5 foizi olis va tog‘li, tarmoq tortish ishlari texnik va iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydigan hududlarga to‘g‘ri keladi”, - dedi tashkilot vakili. gazeta.uz »

2025-2-15 10:44

O‘zbekistonda ayrim chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari uchun QQSning 50 foiz qaytariladi

1-apreldan boshlab go‘sht, sut va tuxum sotishdagi tushumi daromadining 90 foizini tashkil etuvchi chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari uchun QQSning 50 foizi qaytariladi. “Mikrokreditbank”ka 1 mln ish o‘rni yaratishga mo‘ljallangan “Parranda boqish - daromad topish” loyihasi uchun 50 mln dollar ajratiladi. gazeta.uz »

2025-2-3 12:07

“Qurilish maydoni 90 foiz tayyor holatga keltirilgan”. Hokimlik — “Boqiy Buxoro” shahar chetiga ko‘chirilishi haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda “Boqiy Buxoro” parki shahar chekkasida qurilishi haqida xabarlar tarqaldi. Hokimlikka ko‘ra, bu xabarlar “yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”. Hozirda loyiha amalga oshiriladigan hududdagi binolar to‘liq demontaj qilinmoqda, qurilish maydoni 90 foiz tayyor holga keltirilgan. gazeta.uz »

2024-7-10 19:04

O‘zbekiston fuqarolari 2023-yilda avvalgi yilga nisbatan 16,7 foiz ko‘proq Shengen vizalarini oldi

Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston fuqarolari Shengen vizasini olish uchun 46,5 mingta ariza topshirdi (+17,7 foiz), shundan 38,33 ming nafar murojaatchi ijobiy javob oldi, bu 2022-yilgi ko‘rsatkichdan 16,7 foizga ko‘proq. Shuningdek, rad etilgan arizalar ulushi biroz oshgan. gazeta.uz »

2024-5-17 15:48