Ðåçóëüòàòîâ: 21

Elektr va gaz uzilishlari tadbirkorlik faoliyati uchun asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda — Markaziy bank

Markaziy bank sharhiga ko‘ra, elektr va gaz uzilishlari hamda yoqilg‘i narxlarining oshishi biznesning to‘liq quvvatda ishlashi uchun asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, cheklovchi omillar qatorida aylanma mablag‘lar yetishmasligi, soliq tizimidagi murakkabliklar, ijara xarajatlarining yuqoriligi sanab o‘tilgan. gazeta.uz »

2025-8-19 15:41

Bojxona sohasida tadbirkorlik subyektlari murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi

Bojxona qo‘mitasi huzurida appelyatsiya kengashi tashkil etildi. Kengash bojxona sohasida tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bog‘liq murojaatlarni o‘rganadi. Kengash, shuningdek, tadbirkorlarning murojaatlariga oid taklif va tavsiyalardan iborat xulosalar tayyorlashi mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-8-1 13:12

Soxta tadbirkorlik to‘g‘risidagi norma deputatlar muhokamasiga sabab bo‘ldi. O‘zLiDeP deputatining taklifi rad etildi

O‘zbekistonlik deputatlar soliq va tadbirkorlikka oid o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. O‘zLiDeP deputati chiqarib tashlashni taklif qilgan soxta tadbirkorlik to‘g‘risidagi modda muhokamaga sabab bo‘ldi, biroq deputatlarning aksariyati bu taklifni rad etdi. gazeta.uz »

2025-4-23 20:02

Kambag‘al oilalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha foizsiz va garovsiz qarz beriladi

O‘zbekistonda kambag‘al oilalarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln so‘mgacha bo‘lgan 5 yil muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi. Mablag‘ kichik ishlab chiqarish uskunalari, ko‘chma do‘konlar va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun beriladi. gazeta.uz »

2024-9-24 11:04

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari imtiyozlarini maqbullashtirish va samaradorligini ta’minlash bo‘yicha komissiya tuzildi

Prezident farmoni bilan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni maqbullashtirish hamda ularning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi. U imtiyozlarning iqtisodiyotga va sog‘lom raqobat muhitiga ta’sirini tahlil qilib, takliflar tayyorlashi kerak. gazeta.uz »

2024-5-29 13:07