Ðåçóëüòàòîâ: 116

Migratsiya sohasidagi qoidabuzarliklar uchun jarimalarni oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi qayta ishlashga yuborildi

Deputatlar migratsiya sohasidagi jarimalarni oshirish haqidagi qonun loyihasini ma’qullamadi. Fuqarolar va chet elliklarni ro‘yxatga olish qoidalarini buzganlik uchun 40 BHMgacha jarima, pasport tizimi va xorijliklarning mamlakatda bo‘lish qoidalari bo‘yicha javobgarlikni ajratish masalalari bahsga sabab bo‘ldi. gazeta.uz »

2026-8-12 21:56

Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston kollektiv mudofaa to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

Turkiya, Saudiya Arabistoni va Pokiston Makkada uch tomonlama mudofaa bitimini imzoladi. Hujjatga ko‘ra, davlatlardan biriga qilingan qurolli hujum barchasiga qarshi tajovuz deb baholanadi. Kelishuv “agressiyaning barcha ko‘rinishlari”dan jamoaviy tiyib turishni kuchaytirishga qaratilgani ta’kidlandi. gazeta.uz »

2026-8-7 15:49

Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni takomillashtirishlardan so‘ng ma’qulladi

O‘zbekiston senatorlari Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni takomillashtirishlardan so‘ng ma’qulladi. Hujjatda markaz uchun alohida huquqiy rejim, xalqaro tijorat sudini tashkil etish, shuningdek, uning ishtirokchilariga soliq, viza va boshqa imtiyozlar berish nazarda tutilgan. gazeta.uz »

2026-7-9 11:14

Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun quyi palataga qaytarildi. Sabablar

Senat “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunni takomillashtirish uchun Qonunchilik palatasiga qaytardi. E’tirozlar xalqaro tijorat sudi sudyalariga qo‘yiladigan talablar, uning arbitraj va ma’muriy nizolar bo‘yicha vakolatlari hamda moliya markazini boshqarish tizimiga taalluqlidir. gazeta.uz »

2026-6-13 14:11

80% rozilik, aholi bilan muhokamalar va kompensatsiyalar. Renovatsiya to‘g‘risidagi qonun qanday ishlaydi?

O‘zbekistonda renovatsiya to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Unda eskirgan uy-joylarni yangilash tartibi belgilangan: aholi bilan muhokamalar, 80% mulkdorlar roziligi, kompensatsiya, vaqtinchalik uy-joy, investorlar ishtiroki va nizolarni sud tartibida hal qilish. Rozi bo‘lmagan aholiga bosim o‘tkazish taqiqlanadi. gazeta.uz »

2026-6-11 16:06

Senat fuqarolar va biznesning sudlarga murojaat qilishini soddalashtirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senat fuqarolar va tadbirkorlarning iqtisodiy va ma’muriy sudlarga murojaatlarini soddalashtirish haqidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat eksterritorial sudlovni joriy etadi, ayrim da’volar bo‘yicha davlat bojini qaytarishni nazarda tutadi va sud nizolarida davlat organlarining javobgarligini kuchaytiradi. gazeta.uz »

2026-5-25 15:46

O‘zbekistonda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahriri ishlab chiqiladi. Unda ahamiyatini yo‘qotgan huquqbuzarliklarni bekor qilish, yangi javobgarlik choralarini joriy etish, ma’muriy ishlar ustidan sud nazoratini kuchaytirish hamda inson huquqlari himoyasini takomillashtirish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2026-5-9 15:30

Irina Matviyenko zo‘ravonlikka oid ishlarni prokuraturaga o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunni takomillashtirishga chaqirdi

Huquq himoyachisi Irina Matviyenko ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risida qabul qilingan qonundagi bo‘shliqlarni ko‘rsatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarga qarshi sodir etilgan bir qator jinoyatlar prokuratura yurisdiksiyasidan tashqarida qolib ketishi mumkin. gazeta.uz »

2026-4-18 08:11

Ekopartiya hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Iyundan boshlab hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jarimalar miqdori oshiriladi. Biroq jazo baribir nomutanosib bo‘lib qolmoqda. Ekopartiya ushbu sohani tartibga solishga “tizimli va kompleks yondashuvni” ta’minlash maqsadida qonun loyihasini tayyorlayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-4-5 09:29

Deputatlar davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi

Deputatlar davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Loyihaga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston YAIMning real o‘sish sur’ati 6,6 foizni tashkil etadi. 2026-yilda budjet taqchilligi chegarasi YAIMning 3 foizi, yangi tashqi qarzlar chegarasi 5 mlrd dollar miqdorida belgilangan. gazeta.uz »

2025-12-3 13:32

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik qayta ko‘rib chiqiladi — prezident

O‘zbekiston amerikalik hamkorlar bilan shaxsiy ma’lumotlarni saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikni yangilashni yakunlamoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. Uning aytishicha, bu Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlarini ishga tushirish, shuningdek, raqamli akademiyalar va startap hablarni rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. gazeta.uz »

2025-11-7 13:45

O‘zbekiston va YI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolangani nimani anglatadi?

O‘zbekiston va YIning Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimi Bryusselning MOga qiziqishi ortayotgani fonida yaqinlashish sari qo‘yilgan yana bir qadamdir. Gazeta ekspertlardan munosabatlarning yangi bosqichi ortida nima turgani va hamkorlikda qaysi yo‘nalishlar ustuvor ekanini baholashni so‘radi. gazeta.uz »

2025-10-29 10:42

Deputatlar O‘zbekistonda islomiy banklar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Tafsilotlar

O‘zbekiston deputatlari islomiy bank to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qayd etilishicha, hujjat qabul qilinishi aholi va biznesga muqobil moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi islomiy banklar, islomiy “darcha” va islomiy mikromoliya tashkilotlarini tashkil etish imkonini beradi. gazeta.uz »

2025-9-16 14:27

Ukrainada antikorrupsiya organlarini mustaqillikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonunga qarshi namoyishlar bo‘ldi

Kiyev va Ukrainaning yana bir qancha shaharlarida korrupsiyaga qarshi organlarni mustaqillikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi qonunga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bu 2022-yilda Rossiya bosqinidan beri mamlakatda hukumatga qarshi birinchi mitingdir. Vladimir Zelenskiy shunga qaramay qonunni imzoladi. gazeta.uz »

2025-7-23 14:01

Avtoyo‘llar to‘g‘risidagi yangilangan qonun loyihasi nimalarni nazarda tutadi? Tafsilotlar

Qonunchilik palatasi 8-iyul kungi yig‘ilishida “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat piyodalar xavfsizligini ta’minlagan holda budjetga tushadigan yuklamani kamaytirish va pulli yo‘llar qurish uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan. gazeta.uz »

2025-7-11 16:19

Senat tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi qonunni qayta ko‘rib chiqishga yubordi

Senatorlar davlat organlari vakolatlarini aniqlashtirish maqsadida “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonunni qayta ko‘rib chiqishga yubordi. Bunda migrantni chet eldan qaytarish ishga jo‘natuvchi tashkilot hisobidan bo‘lishi va O‘zbekistonda ishlash uchun ruxsatnoma berish qoidalari qayta ko‘rib chiqilishi kerak. gazeta.uz »

2025-6-26 14:29

“Yerlarni xitoyliklarga berish to‘g‘risidagi bayonotlar asossiz” — Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Urgut tumani amaldorining ekin ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga berilshi haqidagi so‘zlarini rad etdi. Vazirlik ijara shartnomasini faqat sud orqali bekor qilish mumkinligi va qonunga ko‘ra yerni chet el fuqarolariga berish taqiqlanganini eslatib o‘tdi. gazeta.uz »

2025-6-14 10:21

“Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risidagi bitim Markaziy Osiyo uchun nimani anglatadi? Ekspertlar fikri

Aprel oxirida O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu bitim mintaqaviy siyosatda yangi tendensiyani boshlab, tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha boshqa nizolarni hal etishda namuna bo‘la oladimi? Bu borada ekspertlar fikri - “Gazeta.uz” materialida. gazeta.uz »

2025-5-31 05:30

Onlayn platformalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi: foydalanuvchilar va blogerlar uchun nima o‘zgaradi?

Jamoatchilik muhokamasi uchun qo‘yilgan qonun loyihasi O‘zbekistondagi onlayn platformalar va saytlar (OAV emas), blogerlar va inflyuyenserlarga nisbatan talablar belgilaydi. Agar noqonuniy kontentni o‘chirish to‘g‘risidagi ko‘rsatma bajarilmasa, sud qarorisiz foydalanuvchilarning kirishi cheklanishi mumkin. gazeta.uz »

2025-5-13 07:45

Deputatlar xususiy sektor xodimlarini ishdan bo‘shatishni soddalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etdi

Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zLiDeP fraksiyasi ishlab chiqqan xususiy sektor xodimlarini ishdan bo‘shatishni soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasini rad etdi. Qonunda o‘rindoshlik asosida ishlovchi xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda kompensatsiya to‘lashni bekor qilish taklif etilgandi. gazeta.uz »

2025-4-29 15:15