Ðåçóëüòàòîâ: 10

O‘zbekistonda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahriri ishlab chiqiladi. Unda ahamiyatini yo‘qotgan huquqbuzarliklarni bekor qilish, yangi javobgarlik choralarini joriy etish, ma’muriy ishlar ustidan sud nazoratini kuchaytirish hamda inson huquqlari himoyasini takomillashtirish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2026-5-9 15:30

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik qayta ko‘rib chiqiladi — prezident

O‘zbekiston amerikalik hamkorlar bilan shaxsiy ma’lumotlarni saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikni yangilashni yakunlamoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. Uning aytishicha, bu Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlarini ishga tushirish, shuningdek, raqamli akademiyalar va startap hablarni rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. gazeta.uz »

2025-11-7 13:45

Barcha hududlar markazlarining “yashil” master rejalari ishlab chiqiladi

Bu yil bahor va yoz o‘rtasida issiq kunlar tez kelib qolishi oqibatida “Yashil makon” doirasida ekilgan 27,5 mln ko‘chat qurib qolgan. Shu bois endi daraxtlar kuzda ekiladi, dedi prezident. Shaharlarda yashillik darajasini oshirish uchun hududlar markazlarining “yashil” master rejalari ishlab chiqilishi belgilandi. gazeta.uz »

2025-9-27 00:21

Farg‘onadagi portlashdan so‘ng viloyatdagi barcha zapravkalar o‘rganib chiqiladi

Farg‘onadagi portlashdan so‘ng viloyatda joylashgan barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarini o‘rganib chiqish uchun ishchi guruh tuzildi. Ular stansiyalarning sanoat, yong‘in, ekologik xavfsizligi talablariga muvofiqligi va qonunchilikdagi boshqa me’yorlarni o‘rganadi. Zapravkalar xodimlari FVB o‘quv markazida o‘qitiladi. gazeta.uz »

2024-12-20 13:20

Toshkentda har bir tumanning bosh rejasi ishlab chiqiladi — poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov

Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov prezident shahardagi har bir tumanning bosh rejalarini ishlab chiqish taklifini berganini ma’lum qildi. Shuningdek, Toshkentda arxitektorlar tayyorlash uchun shaharsozlik instituti, tirbandliklarni bartaraf etish bo‘yicha Yo‘llarni boshqarish departamenti tashkil etish rejasi aytildi. gazeta.uz »

2024-10-10 10:25