Ðåçóëüòàòîâ: 29

O‘zbekistonda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangi tahriri ishlab chiqiladi. Unda ahamiyatini yo‘qotgan huquqbuzarliklarni bekor qilish, yangi javobgarlik choralarini joriy etish, ma’muriy ishlar ustidan sud nazoratini kuchaytirish hamda inson huquqlari himoyasini takomillashtirish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2026-5-9 15:30

Yo‘l harakati bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish joriy etildi

O‘zbekistonda yo‘l harakati bilan bog‘liq ayrim huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish amaliyoti joriy etildi. Shuningdek, YHQ buzilgani maxsus texnika vositalari orqali qayd etilganda ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay qo‘llanilishi shartligi belgilandi. gazeta.uz »

2026-2-5 12:14

Garovga qo‘yilgan mulkni noqonuniy tasarruf etganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda garovdagi mulkni o‘zlashtirish, yashirish yoki shikast yetkazish uchun, agar zarar jinoiy javobgarlik darajasiga yetmasa, ma’muriy javobgarlik joriy etilishi mumkin. Bunga garovga qo‘yilgan mashinalarni noqonuniy ijaraga berish yoki O‘zbekistondan olib chiqib ketish holatlari ko‘paygani bunga sabab bo‘ldi. gazeta.uz »

2026-2-5 09:58

Deputatlar Ma’muriy kodeksga bir qator o‘zgartirishlarni ko‘rib chiqmoqda

Deputatlar Ma’muriy kodeksga o‘zgartirishlarni birinchi o‘qishda ma’qulladi. Ular odometr ko‘rsatkichlarini o‘zgartirganlik uchun javobgarlik, bolalar ishtirokidagi ma’muriy ishlarni ko‘rishda psixolog ishtiroki, maxsus huquqlardan mahrum qilish muddatini qisqartirish va sudyadan voz kechish huquqini nazarda tutadi. gazeta.uz »

2025-11-27 09:06

Tadbirkorlar iqtisodiy va ma’muriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilishi mumkin bo‘ladi

Tadbirkorlar iqtisodiy va ma’muriy sudlarga eksterritorial tartibda murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Xalqaro tajriba asosida “astrent” tizimi joriy qilinadi. Bunda moddiy zararni qoplash kechiktirilgan har bir kun uchun qarzdor hisobidan penya undirish sud qarorida aniq belgilab qo‘yiladi. gazeta.uz »

2025-8-20 14:36

O‘zbekistonda endi ilk bor ma’muriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkor javobgarlikdan ozod qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bundan buyon tadbirkorlikka endi qadam qo‘yganlar uchun “birinchi imkoniyat” tamoyili joriy etilishini aytdi. Unga ko‘ra, ilk bor ma’muriy huquqbuzarlik qilgan tadbirkor javobgarlikdan ozod qilinib, ularga kamchiligini bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi. gazeta.uz »

2025-3-19 10:15

Mulohaza: Nima uchun ma’muriy qamoq ko‘p hollarda huquqbuzarlik muammosini hal qilmaydi va uni suiiste’mol qilishdan qanday tiyilish mumkin?

O‘zbekistonda ma’muriy qamoq huquqbuzarlikka qarshi kurashning bahsli chorasi bo‘lib qolmoqda. Uning keng qo‘llanishi tizimning insonparvarligiga shubha uyg‘otadi. Ma’muriy qamoq qachon o‘rinli, uni qo‘llash bo‘yicha yondashuvni qanday o‘zgartirish kerak? Huquqshunoslar Husain Radjapov va Farhod Fozilov mulohazasi. gazeta.uz »

2025-1-8 19:28

Qurilish maydonidagi daraxtlarni payhon qilish va shikastlash uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

Bino qurilishi va rekonstruksiyasida daraxtlarga kimyoviy moddalar orqali shikast yetkazish, payhon qilish yoki yo‘q qilish uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Tok va portlovchilardan foydalanib ovchilik va baliqchilik, shuningdek, ekologiya inspektorlari ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun jarimalar kuchaytirildi. gazeta.uz »

2024-11-27 17:17

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qulladi

Skuter va samokatda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda. Yuk mashinalari yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangani uchun jarima joriy etilmoqda. YPX xodimlaridan qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati olib qo‘yilmoqda. Senat shular ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi. gazeta.uz »

2024-9-20 13:15

Ma’muriy jarimalarning huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqish taklif etilmoqda

Strategik islohotlar agentligi ma’muriy jarimalar miqdorining huquqbuzarliklarga mutanosibligini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi. Masalan, avtomobil oynalarini ruxsatsiz qoraytirganlik uchun 8,5 mln so‘m, mashinalarning piyodalar yo‘laklarida harakatlangani uchun 170 ming so‘m jarima solinadi. gazeta.uz »

2024-7-9 13:06