Toshkentda bir oyda tilanchilik qilgan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Toshkentda 2025-yilning birinchi yarim yilligida 1880 kishi tilanchilik bilan shug‘ullanib yurgani aniqlandi. Iyun oyida o‘tkazilgan reydlarda 300 ga yaqin shaxs ushlanib, ularning 70 nafariga ma’muriy qamoq, 47 nafariga jarima qo‘llandi, 44 nafar bola voyaga yetmaganlar markaziga topshirildi. gazeta.uz »


