Ðåçóëüòàòîâ: 35

“Alloh voyaga yetmaganlarga uylanishni harom qildi”. Al-Azhar olimlari islomda erta turmushga munosabat haqida

Misrning Al-Azhar universiteti professorlari ishtirokidagi seminarda islomda erta turmush masalasi muhokama qilindi. Olimlar erta nikoh bo‘yicha sha’riy hukm tibbiy xulosalarga tayanishi, voyaga yetmaganlarga uylanish qoralanishi, islomda turmush qurish qarori qizlarning o‘z ixtiyorida ekanligini ta’kidlashdi. gazeta.uz »

2026-6-15 10:44

Farg‘onada o‘qituvchi voyaga yetmagan o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida maktab o‘qituvchisi voyaga yetmagan o‘quvchi qizga Telegram orqali shahvoniy mazmunda xabarlar yuborgani uchun 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga tortildi. Sudda o‘qituvchi qiz bilan yozishib yurganini tan olgan va ayrim xabarlarni uni “tinch qo‘yishi” uchun yozganini aytgan. gazeta.uz »

2026-5-9 09:10

Rossiyada yong‘inda halok bo‘lgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlikning jasadi vatanga qaytarildi

Rostov viloyati Bataysk shahridagi uyda chiqqan yong‘in oqibatida voyaga yetmagan o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Uning hujjatlari yonib ketgani sabab jasadni vatanga qaytarishda muammo yuzaga kelgan. Bosh konsulxona ko‘magida marhumning jasadi Krasnodar-Toshkent reysi orqali O‘zbekistonga olib kelindi. gazeta.uz »

2026-3-4 14:52

“Ota-onalarning ko‘pi bolani qanday tarbiyalashni bilmaydi”. IIV rasmiysi — voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi haqida

O‘zbekistonda jami jinoyatlarning 1,5 foizi voyaga yetmaganlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 2025-yilning 6 oyida bolalar 971 ta jinoyat sodir etdi. IIV Kriminologiya tadqiqot instituti rasmiylari ota-onalarning farzandini nazoratsiz qoldirib, tarbiya bermayotgani buning asosiy sababi ekanini qayd etdi. gazeta.uz »

2025-8-8 07:20