Ðåçóëüòàòîâ: 32

O‘zbekistonda tez orada AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari boshlanadi — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekistonda yaqin orada AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari boshlanadi. “O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev ma’lum qilishicha, “amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlarni jamoatchilikka yetkazish uchun” muhokamalarga mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb etiladi. Aholi fikrini hisobga olish rejalashtirilgan. gazeta.uz »

2025-9-30 13:41

“Bunaqa yengil jazo — sharmandalik”. Toshkentda haydovchining tez yordam mashinasiga yo‘l bermagani muhokama qilinmoqda

Toshkentda Lixian L9 haydovchisi ogohlantirishlarga qaramay, tez yordam mashinasiga yo‘l bermagani muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Aksariyat faollar haydovchiga yengil jazo berilganidan norozi, ba’zilar mashinani musodara qilish kerakligini aytmoqda. gazeta.uz »

2025-6-2 09:20

O‘zbekiston Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng tez o‘sayotgan uch iqtisodiyotdan biri — Jahon banki

Jahon banki 2024-yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan mamlakatlar Gruziya, Tojikiston va O‘zbekiston ekanini qayd etdi. Mintaqada bir qator inqirozlardan so‘ng iqtisodiy o‘sish barqarorlashmoqda, ammo ko‘rsatkichlar 2000-yillar boshiga nisbatan ancha past darajada qolmoqda. gazeta.uz »

2024-10-17 15:46