Surxondaryoda jazirama tufayli yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandi
Surxondaryo viloyatida anomal issiq sababli soat 10:00 dan 19:00 gacha og‘ir transport vositalari harakatiga cheklov joriy etildi. Quyoshda yo‘l qoplamasi +80 darajagacha qizishi tufayli yuk mashinalari asfaltga zarar yetkazishi mumkin, dedi viloyat hokimligi. Choralar Termiz shahri va tumanlarda amal qiladi. gazeta.uz »










