Farg‘ona viloyatida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 4 magnitudali zilzila qayd etildi. Uning kuchi Andijon viloyatida 2 ball ko‘rinishida sezildi. gazeta.uz »
Ona - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida 4 magnitudali zilzila qayd etildi. Uning kuchi Andijon viloyatida 2 ball ko‘rinishida sezildi. gazeta.uz »
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi yana davlat nazoratiga o‘tdi. Korxonaning yagona ta’sischisi sifatida “Davaktiv” agentligi ko‘rsatilgan, holbuki bir oy avval zavodning 41,5 foizi Saneg’ga tegishli edi. gazeta.uz »
“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining matbuot erkinligi bo‘yicha yangi reytingida O‘zbekiston bir pog‘onaga ko‘tarilib, 180 ta davlat ichida 147-o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, mamlakatning umumiy bali pasaygan, OAV erkinligi bilan bog‘liq vaziyat esa hamon “juda murakkab”ligicha qolmoqda. gazeta.uz »
Hojiqo‘zijon Isaqov Bag‘dod tumaniga, Nodirjon Mashrapov Farg‘ona tumaniga, Ilyos Novikov Beshariq tumaniga hamda Elbek Rustamov Marg‘ilon shahriga hokim etib tayinlandi. gazeta.uz »
Prezident Farg‘ona aeroportini modernizatsiya qilish loyihasi bilan tanishdi. Loyihaga ko‘ra, o‘tkazuvchanlik quvvati 1200 nafar yo‘lovchiga teng bo‘lgan 20 ming kvadrat metrlik yangi terminal qurish hamda uchish-qo‘nish yo‘lagini kengaytirish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »
Qo‘qon, Namangan, Andijon va Marg‘ilon shaharlarini bog‘lovchi yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Ilk safarda prezident ishtirok etib, Qo‘qondan Marg‘ilonga keldi. 586 o‘rinli poyezd soatiga 120 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi. Chipta narxi 15 ming so‘m. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti ikki kunlik tashrif bilan Farg‘ona viloyatiga uchib ketdi. U turli sohalardagi loyihalar bilan tanishib, hududni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyatida bank xodimi avtomobil uchun kredit olish maqsadida kelgan mijoz bilan tortishib qolib uni mashina salonida pichoqlab o‘ldirdi. So‘ng jasadni Katta Farg‘ona kanaliga tashlab yubordi. Hozirda jasadni qidirish ishlari ketmoqda. gazeta.uz »
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog‘ona yuqorilab, 50-o‘ringa chiqdi. Reytingda uzoq muddatdan beri peshqadamlik qilib kelgan Ispaniya o‘rnini Fransiya egalladi. gazeta.uz »
Feruza Madrahimova Urganch davlat pedagogika institutiga, Rustambek Tojiyev esa Farg‘ona davlat texnika universitetiga rektor etib tayinlandi. gazeta.uz »
Shayxontohur tumani Beltepa ko‘chasidagi xonadonlarning birida yuz bergan yong‘in oqibatida 3 kishi - ona va uning voyaga yetmagan ikki farzandi vafot etdi. Yana bir kishi shifoxonaga yotqizilgan. gazeta.uz »
Farg‘ona va Toshkentda koll-markaz ochib, Rossiya fuqarolarini aldagan 34 kishilik guruh fosh etildi. Ular keksa fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilib, dori uchun kompensatsiya bahonasida soliq va to‘lovlar talab qilgan va 124,5 ming dollar undirgan. gazeta.uz »
Transparency International tashkilotining Korrupsiyani qabul qilish indeksida O‘zbekiston 182 ta davlat orasida 124-o‘rinni egalladi. 100 balli indeks bo‘yicha mamlakat 31 ball to‘pladi. gazeta.uz »
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog‘ona pastlab, 52-o‘ringa tushdi. Bunga Afrika millatlar kubogida qit’a mamlakatlari FIFA ochkolariga ega bo‘lgani ta’sir qildi. Marokash kuchli o‘nlikka kirdi. gazeta.uz »
Energetika vazirligi Farg‘ona vodiysidagi “zapravka”larga ko‘chma konteynerlar orqali gaz yetkazib berish loyihasi nega hamon ish boshlamaganiga izoh berdi. Aytilishicha, Beshariq tumanida kompressor stansiyasi qurilishi davom etmoqda, ishlar qo‘shimcha texnik va xavfsizlik talablarini ta’minlash tufayli cho‘zilmoqda. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov jarimaga tortildi, deb xabar berdi Mehnat inspeksiyasi Gazeta’ga. Uning Buvaydadagi 37-maktab direktorini majburiy navbatchilik ortidan ishdan olish va yangi direktorni ishga tayinlashda qonunchilik talablarini buzgani aytildi. gazeta.uz »
Bag‘dod tumani hokim o‘rinbosari 8 ming dollar olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. U 2,4 sotix yerni fuqaroga mulk huquqi asosida o‘tkazib berishni va’da qilgan. Namanganda esa ikki hokim yordamchisi jami 12 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda. gazeta.uz »
30-noyabr kuni Farg‘ona viloyatida havoning kuchli ifloslanishi qayd etildi. Bungacha ham hududda havo tarkibida PM2,5 zarrachalarining ko‘pligi bir necha bor kuzatilgan. Gazeta muxbiri viloyatning O‘zbekiston tumanida bo‘lib, chang-tumanli havodan suratlar oldi. Fotoreportaj. gazeta.uz »
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 5 pog‘ona yuqorilab, 50-o‘rinni egalladi. Osiyoda esa Qatarni quvib o‘tib, 5-jamoaga aylandi. Reytingda hamon Ispaniya, Argentina va Fransiya yetakchilik qilmoqda. gazeta.uz »
Farg‘onaga Xitoydan 24 ta Zhongtong rusumli avtobuslar keltirildi. Ular Farg‘ona shahri avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Yil yakuniga qadar tashuvchi korxonalar tomonidan qo‘shimcha 36 dona avtobus sotib olib kelinishi rejalashtirilgan. gazeta.uz »
U nafaqat aravachada qilichbozlik bilan shug‘ullanadi, balki paraqilichbozlik bo‘yicha murabbiylik ham qiladi. “Iroda” loyihasining navbatdagi qahramoni - raqibdan avval inson o‘zini yengishi kerak deb hisoblaydigan sportchi Muhriddin Islomovdir. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayrami bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi. “Hayotimizda sun’iy intellekt ta’siri ortib borayotgan bir paytda bu qudratli vosita yordamida ona tilimizni rivojlantirish va targ‘ib etish - davr talabidir”, - dedi u. gazeta.uz »
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona pastlab, 55-o‘rinni egalladi. Osiyoda esa hamon 6-jamoa bo‘lib turibdi. Reytingda Ispaniya, Argentina va Fransiya yetakchilik qilmoqda. gazeta.uz »
Avval geosiyosiy nozik zona bo‘lgan Farg‘ona vodiysi hozirda iqtisodiy rivojlanishning yuqori sur’atlariga erishmoqda, deya ma’lum qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. So‘nggi 8 yilda vodiyning yalpi hududiy mahsuloti qariyb 4 barobar o‘sdi va uning mamlakat YAIMdagi roli 1/5 qismiga yaqinlashdi. gazeta.uz »
Avval geosiyosiy nozik zona bo‘lgan Farg‘ona vodiysi hozirda iqtisodiy rivojlanishning yuqori sur’atlariga erishmoqda, deya ma’lum qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. So‘nggi 8 yilda vodiyning yalpi hududiy mahsuloti qariyb 4 barobar o‘sdi va uning mamlakat YAIMdagi roli 1/5 qismiga yaqinlashdi. gazeta.uz »
17-oktabrdan 12-dekabrgacha Samarqand, Farg‘ona va Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi NeUyat festivali bo‘lib o‘tadi. Uning markaziy tadbiri - 11 nafar ayol rassom jarohat va zaiflik, sukunat va ichki taskinlik mavzularida o‘z asarlarini taqdim etadigan sayyor ko‘rgazma. Kirish bepul. gazeta.uz »
O‘zbekistonda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarni ona suti bilan oziqlantirish qo‘llab-quvvatlanadi. Ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni targ‘ib qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. gazeta.uz »
Qirg‘izistonning Botken viloyatida 3 balli zilzila qayd etildi. Uning kuchi Farg‘ona viloyatida 2 ball ko‘rinishida sezildi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda perinatal markazlar va tug‘ruqxonalarga ona suti bilan boqishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sertifikatlar berish qayta tiklanadi. Rejalarga ko‘ra, 230 ta muassasa emizish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash uchun sertifikatlashtirishni talab qiladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston qonunchiligiga ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilishni cheklashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi. Chaqaloqlarni 6 oylikkacha faqat ko‘krak suti bilan boqishni targ‘ib qilish va 2030-yilga kelib bu ko‘rsatkichni 70 foizga yetkazish bo‘yicha dastur ham qabul qilinadi. gazeta.uz »
O‘zbekiston 2030-yilgacha 6 oygacha bo‘lgan bolalarning kamida 70 foizi faqat ona suti bilan oziqlantirilishiga erishmoqchi. Shu maqsadda ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi joriy etiladi: shifokorlar o‘qitiladi, onalar bilimi oshiriladi, sun’iy mahsulotlar reklamasi cheklanadi. gazeta.uz »
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida bir pog‘ona yuqorilab, 54-o‘rinni egalladi. Osiyoda esa 6-jamoa bo‘lib turibdi. Reyting yetakchiligini Argentinadan Ispaniya olib qo‘ydi. gazeta.uz »
DXX Farg‘ona viloyati va Qoraqalpog‘istonda Afg‘onistondan olib kelingan yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilinganini xabar berdi. Bir necha kishi qamoqqa olindi, ehtimoliy sheriklarni qidirish ishlari olib borilmoqda. gazeta.uz »
Prezident topshirig‘i bilan Chortoq tumanini Farg‘ona vodiysi uchun yil davomida xizmat ko‘rsatadigan turizm habiga aylantirish rejalashtirilmoqda. Infratuzilmani rivojlantirish uchun $50 mln ajratiladi. gazeta.uz »
Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida IIO profilaktika sohasida faoliyat yuritgan pensionerlar tanlov asosida mahallalarga ishga olinmoqda. Ular huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatida “uchastkaviy”larga murabbiylik qiladi va maosh oladi, deydi IIV vakili. gazeta.uz »
Uzbekistan Airways sentabrda Toshkentdan Termiz, Buxoro, Farg‘ona, Navoiy va Namanganga aviaqatnovlar sonini oshiradi. Parvozlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. gazeta.uz »
IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev Farg‘ona viloyati YHXB sobiq boshlig‘i Akmal Ahmedov turmush o‘rtog‘iga tegishli Malibu’ning 100 dan ortiq jarimalari bekor qilingan holatga munosabat bildirdi. gazeta.uz »
20-iyuldan 20-oktabrgacha Farg‘ona viloyati hududidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarida og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakati har kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha cheklanadi. gazeta.uz »
Qoraqalpog‘istondagi Aqchako‘l suv havzasida 36 yoshli ayol hamda uning 10 va 13 yoshli qizlari cho‘kib ketdi. Oila ko‘lga shaxsiy qayig‘i bilan tushgan, biroq u ko‘l o‘rtasiga borganda ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 6 oylikkacha faqat ona suti bilan boqilayotgan bolalar ulushi 50 foiz. Bu ko‘rsatkichni 2030-yilgacha 70 foizga yetkazishmoqchi. Ammo bu borada oilaviy muhit va noto‘g‘ri tushunchalar bilan bog‘liq muammolar bor. gazeta.uz »
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog‘ona yuqorilab, 55-o‘rinni egalladi. Jamoa iyun oyidagi o‘yinlarda BAA bilan durang qayd etib, Qatarni yutdi. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i Akmal Ahmedov turmush o‘rtog‘iga tegishli Malibu`ning 100 dan ortiq jarimalari bekor qilingani ortidan ishdan bo‘shatildi. YHXX barcha jarimalar davlat foydasiga to‘liq undirilganini va qo‘shimcha surishtiruv olib borilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Farg‘onada kredit rasmiylashtirish uchun 10 mln so‘m talab qilgan mahalla bankiri ashyoviy dalillar bilan ushlandi. U hokim yordamchilari va mahalliy tadbirkor bilan birgalikda avvalroq boshqa shaxslarga 153 mln so‘mlik kreditlarni rasmiylashtirgan, mablag‘lar naqdlashtirib olingan va talon-toroj qilingan. gazeta.uz »
Rossiyada 2 yoshli qiz otasi hibsxonada, onasi migratsiya markazida saqlanayotgani sababli qaramoqsiz qoldi. Bolalar ombudsmani va boshqa idoralar harakatlari natijasida bola va onasi O‘zbekistonga qaytarildi. gazeta.uz »
“Motamsaro ona” haykali urush haqidagi milliy xotira ramziga aylangan. Haykaltarosh Ilhom Jabborov uni o‘z onasining qiyofasi asosida yaratgan. “Gazeta.uz” rassom bilan dastlab “Kutayotgan ona” deb nomlangan yodgorlik, uning Islom Karimov tashabbusi bilan Samarqandda paydo bo‘lgan nusxasi haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »
“O‘zbekgidroenergo” Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘og‘i o‘pirilib, suv toshishi oqibatida 100 ga yaqin xonadon ko‘rgan zararlar to‘liq qoplanishini ma’lum qildi. Kanaldagi texnogen holat 9-may kuni bartaraf etiladi va odatiy ish rejimi tiklanadi, dedi tashkilot. gazeta.uz »
Andijon viloyatida Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘og‘i o‘pirilishi sabab suv toshib chiqqandi. Buning oqibatida 100 ga yaqin xonadonga suv kirgan. Texnogen hodisaga qo‘shimcha GES qurish maqsadida kanalga ortiqcha suv tashlangani sabab bo‘lgan. gazeta.uz »
Buloqboshi tumanida Janubiy Farg‘ona kanali qirg‘oqlarining biri o‘pirildi. Oqibatda kanaldan yon-atrofga suv toshib chiqdi. FVB suv to‘xtatilganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Farg‘ona shahri jamoat transporti parki Xitoydan keltirilgan konditsionerli, videokuzatuvli 24 ta avtobus bilan to‘ldirildi. Ular ikkita yangi yo‘nalishda qatnaydi va kuniga taxminan 10 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. gazeta.uz »
Rossiyaning Novosibirsk shahrida qiyin ahvolda qolgan ayolning farzandiga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirildi va ular O‘zbekistonga qaytarildi. gazeta.uz »