Farg‘onada Damas`da 28 nafar bolani tashigan haydovchi jarimaga tortildi
Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida YPX xodimlari Damas avtomobilida 28 nafar bola tashilayotganini aniqladi. YHXB ma’lumotiga ko‘ra, ularning besh nafari old o‘rindiqda bo‘lgan. Haydovchiga odam tashish qoidalarini buzgani uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima bali yozildi. gazeta.uz »

























