Namanganda mastligi sabab shifoxonaga yotqizilgan erkak o‘zini osib qo‘ydi
Namanganning Chortoq tumanida shifoxonaning hushyorlantirish bo‘limiga yotqizilgan erkak temir panjaraga o‘zini osib, vafot etdi. U bir kun avval turmush o‘rtog‘ining chaqiruviga asosan mastligi sababli IIB xodimi tomonidan shifoxonaga olib borilgan. Holat nazoratga olindi, deb yozdi ombudsman matbuot xizmati. gazeta.uz »