Ðåçóëüòàòîâ: 115

Netanyahu o‘zining korrupsiya ishi bo‘yicha Isroil prezidentiga afv so‘ralgan ariza topshirdi

Binyamin Netanyahu o‘ziga qo‘yilgan pora olish, korrupsiya, firibgarlik kabi ayblovlar yuzasidan Isroil prezidentiga afv so‘rab rasmiy ariza topshirdi. Netanyahu 2020-yildan beri olib borilayotgan sud jarayonining to‘xtatilishi Isroilning milliy manfaatlariga javob berishini aytdi. U aylovlarni rad etib keladi. gazeta.uz »

2025-11-30 16:26

HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha so‘nggi taklifga rozi, Isroil guruhning javobini o‘rganmoqda

HAMAS G‘azodagi vaziyatni o‘nglash bo‘yicha Misr va Qatarning taklifiga rozi bo‘ldi. U o‘t ochishni butunlay to‘xtatish va garovga olingan 50 nafar isroillikning taxminan yarmini ozod qilishni, evaziga qamoqdagi 200 nafar falastinlik mahbus ozod qilinishini o‘z ichiga oladi. Isroil guruhning javobini o‘rganmoqda. gazeta.uz »

2025-8-19 13:29

“Isroil va AQShni Eronning yadroviy dasturi emas, balki taraqqiyoti xavotirga soladi” — elchixona vakili

Eronning O‘zbekistondagi elchixonasi vakiliga ko‘ra, mamlakat hech qachon yadro qurolini qo‘lga kiritishga harakat qilmagan. “Ammo Eron o‘z huquqini himoya qilish uchun ortga chekinmaydi”. AQSh va Isroilni Eronning yadroviy dasturi emas, balki sanksiyalarga qaramay, taraqqiyotga erishayotgani xavotirga soladi, dedi u. gazeta.uz »

2025-6-26 11:20

IIQK rahbari va yadrochi olimlar Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘ldi. Yana nimalar ma’lum?

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bosh qo‘mondoni Husayn Salamiy Isroilning Eronga uyushtirgan aviazarbalari oqibatida halok bo‘ldi. Shuningdek, Eron qurolli kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari, ikki yadrochi olim va o‘n nafar tinch aholi ham halok bo‘lgani aytilmoqda. Eron bunga javob qaytarishini bildirdi. gazeta.uz »

2025-6-13 06:21

Isroil Suriyadagi “strategik qurol zaxiralarining katta qismi” yo‘q qilinganini e’lon qildi

Bashar Asad rejimi qulagandan so‘ng Isroil armiyasi butun Suriya bo‘ylab bir necha yuzlab zarbalar berib, “strategik qurol zaxiralarining katta qismi” yo‘q qilinganini e’lon qildi. 50 yil ichida birinchi marta Isroil Golan tepaliklari yaqinidagi va undan tashqaridagi bufer zonasida ham qo‘shinlarini joylashtirdi. gazeta.uz »

2024-12-11 13:12