O‘zbekistonlik olimlar infeksiyalangan yaralarni davolash uchun gidrogel yaratdi
Fanlar akademiyasi olimlari xalqaro hamkorlar bilan birgalikda infeksiyalangan yaralarni davolashga qaratilgan yangi avlod ko‘p funksiyali gidrogel yara bog‘lamasini ishlab chiqdi. U yuqori yopishuvchan, cho‘ziluvchan, antioksidant va antibakterial xususiyatlarga ega bo‘lib, yaralarning tez bitishini ta’minlaydi. gazeta.uz »




