Toshkentdagi yo‘l o‘pirilishida 6 kishi aybdor deb topilib, sud hukmi o‘qildi
Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgichning tirgak devori qulashi yuzasidan hukm chiqardi. 6 kishiga 116,25 mln so‘mgacha jarima solindi. Sud qurilish normalari buzilgani, hisobotlar soxtalashtirilgani va 7,38 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganini aniqladi. gazeta.uz »












