Ðåçóëüòàòîâ: 43

Yil oxirida yangilangan 2025-yil budjeti. Davlat organlari xarajatlari qanday o‘zgardi?

2025-yil oxirida hukumat davlat budjetiga tuzatishlarni tasdiqladi, davlat organlari xarajatlari 41,2 trln so‘mga (14,6%) oshdi. Eng ko‘p mablag‘ Iqtisodiyot va moliya vazirligi orqali o‘tkazildi, kuch tuzilmalari, ayrim vazirlik va jamg‘armalarga ajratilgan mablag‘lar ko‘paydi. Gazeta o‘zgartirishlarni o‘rgandi. gazeta.uz »

2026-2-12 07:47

Prezident Navoiy — Buxoro tezyurar temiryo‘lini 2025-yil oxirigacha qurib bitkazishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga Navoiy - Buxoro tezyurar temiryo‘lini yil oxirigacha bitkazishni topshirildi. Shuningdek, Nukus - Miskin temiryo‘lini elektrlashtirish, Toshkent - Parkent temiryo‘li qurilishini yakunlash va 1-sentabrga qadar Toshkent - Urgut temiryo‘l uchastkasini qurish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. gazeta.uz »

2025-5-28 15:48

Toshkentdagi hospis 2025-yil fevralidan ishga tushishi ko‘zda tutilmoqda — moliya vaziri o‘rinbosari

Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fazilkarimov Toshkentdagi hospis faoliyatini 2025-yil fevralida boshlash ko‘zda tutilayotganini aytdi. Hospisning umumiy qiymati 34 mlrd so‘m bo‘lib (xususan, 2024-yilda 16,8 mlrd so‘m ajratilgan), moliyalashtirish ishlari 90,5 foizga bajarilgan. gazeta.uz »

2024-11-26 17:04

Prezident: 2025-yil — suv xo‘jaligida “nasoslar samaradorligini oshirish yili” bo‘ladi

Prezident suv xo‘jaligidagi nasos stansiyalarida elektr iste’moli 8,3 mlrddan 6,8 mlrd kVt/soatga kamayganini, lekin bu yetarli emasligini ta’kidladi. U xorazmlik fermerlarning energiya tejash borasidagi tajribasini kengaytirish, shuningdek, 2 ta asosiy nasos stansiyasi uchun tender e’lon qilishni topshirdi. gazeta.uz »

2024-11-8 12:17

O‘zbekistonning 2025-yil uchun davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Asosiy ma’lumotlar

2025-yil uchun davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Kelasi yilda YAIM o‘sishi 6 foiz bo‘lishi, inflyatsiya 7 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3 foiz (49,3 trln so‘m) bo‘lishi, tashqi qarz limiti esa 5,5 mlrd dollargacha oshirilishi taklif qilinmoqda. gazeta.uz »

2024-10-30 08:00

2025-yil yakunigacha maktablarning yagona ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va DTS takomillashtiriladi — vazirlik

O‘zbekistonda maktablarning yagona ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va Davlat ta’lim standarti (DTS) jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Ularni takomillashtirish 2025-yil oxirigacha yakunlanadi, deya ma’lum qildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakili. Shuningdek, dts.uz platformasi ishga tushadi. gazeta.uz »

2024-8-30 10:38