Ðåçóëüòàòîâ: 11

Prezident ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirgan hokimlarning maoshlariga “ikki karra bonus” berishni va’da qildi

Shahrisabzga poyezd safari chog‘ida prezident yo‘lsiz iqtisod bo‘lmasligini aytib, Qashqadaryoning ichki yo‘llarini yangilash bo‘yicha OTB bilan muzokaralar olib borishni buyurdi. U ishsizlik, kambag‘allikni qisqartirish, investitsiyalarni jalb qilganlik uchun hokimlar maoshlariga “ikki barobar bonus” berishni va’da qildi. gazeta.uz »

2025-6-20 13:18

Bosh vazir o‘rinbosari — kambag‘allikni qisqartirish, xususiylashtirish va DXSh loyihalari haqida

O‘zbekistonning energetika, transport va boshqa infratuzilmalarni rivojlantirishga yillik ehtiyoji YIMning qariyb 10 foizini ($11,5 mlrd) tashkil etadi, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. Kelasi besh yilda elektr, suv va gaz taqsimlash tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga o‘tkaziladi. gazeta.uz »

2025-5-8 20:39

Kambag‘allikni qisqartirish sohasida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiluvchi bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi

Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul bo‘lgan bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi kiritiladi. U kambag‘al oilalarga berilayotgan mablag‘lar egasiga yetib borishini va topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi. gazeta.uz »

2024-9-12 08:03