Ibrohim Ergashev investitsiyalar vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
Ibrohim Ergashev investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori edi. gazeta.uz »
ðèíáîñàðè - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Ibrohim Ergashev investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori edi. gazeta.uz »
Bulung‘ur tumanida fermerning 150 mln so‘mlik soliq qarzini kamaytirib berishni va’da qilgan soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari, Kattaqo‘rg‘onda esa fuqaroni ishga joylashtirish uchun pul olgan sobiq tuman hokimi o‘rinbosari ushlandi. Ularga nisbatan jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »
Baxrom Urmanov mudofaa vazirining raqamlashtirish, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. U bunga qadar Qurolli kuchlar bosh shtabida boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. gazeta.uz »
Buxoro viloyati Kogon tumani hokimi o‘rinbosari fermerdan 15 ming dollar talab qilib, 12 mingini olayotganida ushlangani aytilmoqda. Mansabdor buning uchun suv muammosini hal qilib berishni va’da qilgan. Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi. gazeta.uz »
Prezident Ayubxon Sultonovni raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinladi. U bungacha Raqamli texnologiyalar vazirligida bo‘limga rahbarlik qilgan va davlat rahbari administratsiyasida faoliyat yuritgan. gazeta.uz »
O‘zbekiston tashqi dunyo bilan bog‘liqlikni saqlab qolish uchun nafaqat o‘z hududida, balki uning tashqarisida ham transport infratuzilmasini qurmoqda, dedi transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev. gazeta.uz »
Qasim-Jomart Toqayev Roman Sklyarni o‘z administratsiyasi rahbari etib tayinladi. U 2022-yildan beri Qozog‘iston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. gazeta.uz »
Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev va 186 mlrd so‘m ($15,3 mln) o‘zlashtirishda gumonlanayotgan yana 6 nafar mansabdor shaxs qamoqdan ozod etildi. Huquq himoyachisiga ko‘ra, general-mayorning qarindoshlari zararni naqd pulda to‘liq qoplaganidan so‘ng, ular garov evaziga qo‘yib yuborilgan. gazeta.uz »
Vyacheslav Golishev 75 yoshida vafot etdi. U turli yillarda bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri, O‘zbekiston prezidentining davlat maslahatchisi va deputat lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shavkat Mirziyoyev marhumning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. gazeta.uz »
DXX Andijon viloyati hokimi o‘rinbosarining 50 ming dollar olayotgan vaqtda gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinishi aks etgan videoni e’lon qildi. Kadrlarda amaldor pullarni sanayotgani, so‘ngra dollar kupyuralarini topshirgan shaxsga: “Bu qarz deyiladi. Shunaqa narsasi bor, bilasiz-a?” - deb aytgani ko‘rinadi. gazeta.uz »
Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari Isomiddin Ismanov pora olayotganda qo‘lga olindi. U fuqaro nomiga 20 sotix yer maydonini rasmiylashtirib, kelgusida ushbu joyda qurilish uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan. Daryo xabariga ko‘ra, pora miqdori 50 ming dollar bo‘lgan. gazeta.uz »
Olimjon Umarov raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini tark etdi. Gazeta`ning hukumatdagi manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, u faoliyatini Vazirlar Mahkamasida - Bosh vazir kotibiyati rahbarining o‘rinbosari sifatida davom ettiradi. gazeta.uz »
Hilola Umarova maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U bir vaqtda O‘zbekiston milliy pedagogika universitetiga rektorlik qiladi. gazeta.uz »
Hilola Umarova Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U boshqa ishga o‘tmoqda. Umarovaning o‘rnini Ilxom Siradjev egalladi. gazeta.uz »
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori O‘ktam Salomov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha ham oliy ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. gazeta.uz »
Bag‘dod tumani hokim o‘rinbosari 8 ming dollar olgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. U 2,4 sotix yerni fuqaroga mulk huquqi asosida o‘tkazib berishni va’da qilgan. Namanganda esa ikki hokim yordamchisi jami 12 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyatida ayolni tahqirlab, kaltaklagan Furqat tumani IIB sobiq boshlig‘i Akmal Xo‘jayev va uning o‘rinbosari Jasur Rasulov sud hukmi bilan 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ular 3 yilga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan ham mahrum qilindi. gazeta.uz »
Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari Saidali Xidirov ekologiya inspektoriga kuch ishlatdi. Inspektor daraxt kesayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatib, uning qo‘lidan arrani tortib olgan. Voqea joyida bo‘lgan hokim o‘rinbosari esa xodimga jismoniy kuch ishlatib, chetga olib ketgan. Xidirov voqea ortidan ishdan olindi. gazeta.uz »
Andijon viloyatida tuman hokimi o‘rinbosari 60 sotix yer ajratib berish uchun 15 ming dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Bekmurod Abdullayev va Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i Rustam Tursunov lavozimidan ozod etildi. gazeta.uz »
Global muammolarga qaramay, O‘zbekiston ishonchli iqtisodiy o‘sishni namoyon etmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. 2025-yilga borib mamlakat yalpi ichki mahsuloti 7 foizga o‘sishi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot esa 3500 dollardan oshishi kutilmoqda. gazeta.uz »
Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari 60 sotix maydonda do‘konlar qurish uchun yer ajratib berish evaziga fuqarodan 15 ming AQSh dollari talab qilgan. U 14 800 dollar olayotganda qo‘lga olindi. gazeta.uz »
Xovos tumani hokimi o‘rinbosari hokimlik bo‘limi mutaxassisi bilan fermer xo‘jaligini “himoya qilish” bahonasida 30 ming dollar talab qilgani aytilmoqda. Ular iyun oyida puldan 10 ming dollar olgan, tezkor tadbir paytida esa yana $10 ming olgan vaqtda qo‘lga olindi. gazeta.uz »
Sardor Rajabov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bungacha maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari edi, bu lavozimga Azizbek Turdiyev qo‘yildi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida hokim o‘rinbosari Dilfuza Toshmatova mahalla faollaridan odamlarni paxta terimiga jalb qilishni talab qildi. “Ayolmisan, yo‘qmi, vijdonsiz?!” - degan u murojaatida. gazeta.uz »
Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimining investitsiya hamda qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari pora olishda gumonlanmoqda. Ular fermerning 500 ming dollarlik eksport rejasini soxta hujjatlar orqali yopib bermoqchi bo‘lgan va buning uchun 65 mln so‘m so‘ragan. gazeta.uz »
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Omonulla Nasritdinxodjayev lavozimini tark etdi. Uning o‘rnini avval OKMK va “O‘zsanoatqurilishbank” tuzilmalarida ishlagan Feruza Xamidova egalladi. gazeta.uz »
Alisher Usmanov Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. U shu paytgacha qator viloyat va tuman sudlari raisi hamda prezident maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. gazeta.uz »
Alisher Boboyev sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Qashqadaryo viloyati SSB boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi. gazeta.uz »
IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev Farg‘ona viloyati YHXB sobiq boshlig‘i Akmal Ahmedov turmush o‘rtog‘iga tegishli Malibu’ning 100 dan ortiq jarimalari bekor qilingan holatga munosabat bildirdi. gazeta.uz »
Jizzaxning Forish tumani hokimi o‘rinbosari xizmat mashinasida 20 ming dollar pora olayotganida ushlangani aytilmoqda. U 204 gektarni tuman hokimligi zaxirasiga qaytarmaslik va erkin foydalanish uchun 30 ming dollar talab qilgan. gazeta.uz »
Toshkentda tirbandlikni kamaytirish uchun maktab avtobuslarini ishga tushirish taklif qilindi. Biroq YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Elmurod Alimovning aytishicha, shahar maktablariga o‘quvchilarning nafaqat poytaxtning turli tumanlari, balki viloyatdan ham kelishi loyihani amalga oshirishni qiyinlashtiradi. gazeta.uz »
Qurilish vaziri o‘rinbosari Davronjon Adilov Sea Breeze Uzbekistan loyihasi atrofidagi tanqidlarga javob qaytardi. “Nega Toshkentda suv tanqisligi haqida faqat Chorvoqdagi loyiha tilga olinganda gapira boshladik, lekin yillar davomida shaharning suvni isrof bilan ishlatishi haqida o‘ylamadik?” - dedi u. gazeta.uz »
Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Tal’at Valiyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Xavfsizlik kengashining yana ikki xodimi ishdan olindi. gazeta.uz »
Andijonda sobiq hokim o‘rinbosari va statbo‘lim boshlig‘i tadbirkorga yer olib berish uchun $600 ming so‘radi. Surishtiruvda bu ishga Raqobat qo‘mitasi sobiq mansabdori ham aloqador ekani aniqlandi. gazeta.uz »
Hilola Umarova Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi va maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan olindi. Shuningdek, PA rahbariga Tamila Aliyeva, Timur Butunbayev, Nodira Xakimova va Sherzod Ozodzoda o‘rinbosar bo‘ldi. gazeta.uz »
Guliston shahri prokurori o‘rinbosari jinoyat ishini gumonlanuvchi foydasiga hal qilib berish evaziga undan 10 ming dollar olganda ushlandi. U JKning ikki moddasi bo‘yicha ayblanmoqda. gazeta.uz »
Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani hokimi o‘rinbosari fuqaroga 150 ga yer ajratib berish uchun 12 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bundan tashqari, Agrosanoat agentligi Kosonsoy loyiha ofisi bosh mutaxassisi noqonuniy yer maydonini rasmiylaytirish evaziga 10 ming dollar olgani aniqlandi. gazeta.uz »
O‘zbekiston energotizimining quvvati qisqa vaqt ichida 50 foizga oshib, 25 GVt ni, jumladan, 3,5 GVt “yashil” energetika quvvatlarini tashkil etdi, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. “O‘zbekistonga Xudo quyosh, shamol va suvni in’om etgan. gazeta.uz »
Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari xizmat xonasida fermerdan 7 mln so‘m olayotganida qo‘lga tushgani aytilmoqda. Mansabdor tadbirkorga pilla topshirish rejasini yopib berishini aytib, jami 21 mln so‘m talab qilgan. gazeta.uz »
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi rahbari o‘rinbosari Olim Yusupov Gazeta’ga bergan intervyusida jamg‘armaning faoliyati bilan bog‘liq savollarga javob berdi. Unga, xususan, S&P reyting agentligining jamg‘arma bo‘yicha izohlari, GTL qanchalik o‘zini oqlayotgani va fond xarajatlari haqida savollar berildi. gazeta.uz »
Iqtisodiy o‘sish investitsiya talab qiladi, xarajatlarning bir qismi esa tashqi qarz hisobidan qoplanadi, dedi Jamshid Qo‘chqorov. Uning aytishicha, qarz o‘rtacha darajada qolmoqda va infratuzilma, ijtimoiy va boshqa sohalarni rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. “Buning hech qanday uyatli joyi yo‘q”, - dedi u. gazeta.uz »
Qonunchilik palatasi deputati ba’zi xonadonlarda bittadan ortiq oila yashashi sabab elektr energiyasini xonadonbay emas, oilabay hisoblash kerakligi haqida fikr bildirdi. Energetika vaziri birinchi o‘rinbosari bu bo‘yicha deputatlar tomonidan taklifi kiritilsa, qayta ko‘rib chiqish imkoniyati borligini bildirdi. gazeta.uz »
BMTTD administratorining o‘rinbosari Xaolyan Syu O‘zbekistonda bo‘ldi. Uning tashrifi davomida davlat boshqaruvini isloh qilish, korrupsiyaga qarshi kurash tashabbuslarini jadallashtirish, parlament salohiyatini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, gender tengligi kabi masalalar muhokama qilindi. gazeta.uz »
O‘zbekistonning energetika, transport va boshqa infratuzilmalarni rivojlantirishga yillik ehtiyoji YIMning qariyb 10 foizini ($11,5 mlrd) tashkil etadi, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. Kelasi besh yilda elektr, suv va gaz taqsimlash tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga o‘tkaziladi. gazeta.uz »
Prezident sog‘liqni saqlash vazirining ikki o‘rinbosari - Davron Sultanov va Farrux Sharipovni ishdan bo‘shatdi. Yana bir o‘rinbosar Olim Omonov esa 6 oyda raqamlashtirishda o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi. gazeta.uz »
Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatildi. O‘rniga IIV rahbari o‘rinbosari - Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti boshlig‘i lavozimi kiritildi. Unga polkovnik Zufar Kurbanov tayinlandi. gazeta.uz »
IIV rahbari Aziz Toshpo‘latov o‘tkazgan yig‘ilishda Buxoro viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Buxoro shahri IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari, G‘ijduvon tumani IIB boshlig‘ining ikki o‘rinbosari hamda Kogon tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi. Yana qator mulozimlarga intizomiy jazolar qo‘llandi. gazeta.uz »
Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari pora olishda gumonlanib qamoqqa olindi. Pora evaziga u qurilayotgan binolarning yong‘in xavfsizligi tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha dalolatnomalarni imzolab, Davlat qabul komissiyasiga ijobiy xulosa berib kelgani aytilmoqda. gazeta.uz »
Prezident qarori bilan Rustam Yusupov tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U bu lavozimda Geologiya fanlari universitetiga rahbar etib tayinlangan A’zam Kadirxodjayevning o‘rnini egalladi. gazeta.uz »