Ðåçóëüòàòîâ: 36

O‘zbekiston Ukrainadan kelgan bolalarni yana dam olish va sog‘lomlashtirishga qabul qilishni rejalashtirmoqda — Ukraina TIV rahbari o‘rinbosari

2026-yilda O‘zbekiston Ukrainadan kelgan bolalarni sog‘lomlashtirish dasturini qayta tiklashni, shuningdek gumanitar yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Mishenko O‘zbekiston TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-4-3 15:59

Xoshimindan Istanbulga uchgan samolyot yo‘lovchi sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Samarqandda favqulodda qo‘ndi

Xoshimindan Istanbulga yo‘l olgan Turkish Airlines aviakompaniyasining samolyoti bortdagi yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Samarqand xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Fransiya fuqarosi bo‘lgan 67 yoshli yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi, shundan so‘ng parvoz davom ettirildi. gazeta.uz »

2026-3-13 08:23

Deputat sog‘liqni saqlash sohasidagi ayrim xarajatlar qisqartirilayotganini ko‘rsatdi, SSV buni rad etdi

Deputat Muhammad Valiyev bir qator tibbiy dasturlar, jumladan, spinal mushak atrofiyasi bo‘lgan bolalarga yordam ko‘rsatish va OIVga qarshi kurashish xarajatlari qisqartirilayotganini ko‘rsatdi. SSV rahbari o‘rinbosari Elmira Bositxonova buni rad etib, mablag‘larning qayta taqsimlanishini tushuntirdi. gazeta.uz »

2025-12-5 15:22

O‘zbekistonda raqamli sog‘liqni saqlash platformasi yaratilyapti. U nimani o‘zgartiradi?

O‘zbekistonda yagona raqamli sog‘liqni saqlash platformasi yaratilyapti. Uzinfocom’ning sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish bo‘yicha direktori Ruslan Sultonov Ucast podkastida platforma joriy etilgach, aholi va sohani qanday o‘zgarishlar kutayotgani haqida so‘z yuritdi. Gazeta suhbatning asosiy qismlarini keltiradi. gazeta.uz »

2025-10-15 13:41

O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash tizimiga ishonadimi? STADA xalqaro tadqiqoti natijalari

O‘zbekiston uchinchi marta sog‘liqni saqlash tizimidan aholining qoniqish darajasini o‘rganuvchi STADA Health Report tadqiqotida ishtirok etdi. O‘zbekistonliklar favqulodda holatlarda shifokorlarga ishonadimi,nima uchun dorixonalarga murojaat qilishadi va profilaktik tekshiruvdan o‘tishadimi - Gazeta materialida. gazeta.uz »

2025-7-31 15:10

Sog‘liqni saqlash vaziri korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha soha xodimlari va fuqarolarga murojaat qildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha soha xodimlari va fuqarolarga murojaat yo‘lladi. U korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, byurokratiya va boshqa salbiy holatlar uchrab turganini ta’kidladi va bu bo‘yicha murojaat uchun qisqa raqam va Telegram bot qoldirdi. gazeta.uz »

2025-7-25 13:41

Giyohvandlik jinoyatlariga qarshi kurashish bo‘yicha “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi boshlandi

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili Toshkentda 238,8 kg bunday moddalar musodara qilingan. Jinoyatga qarshi kurashish uchun nimalar rejalashtirilmoqda? gazeta.uz »

2025-1-18 13:27

Aksarining ko‘zi ko‘rmaydi, qulog‘i eshitmaydi, yurolmaydi. Sog‘ayishiga umid bor, faqat mablag‘ zarur — “Dok-1 Maks” sabab nogiron bo‘lib qolgan bolalar

“Dok-1 Maks” ishi sabab 68 halok bo‘lgani ko‘pchilikka ma’lum, ammo omon qolgan 20 dan ziyod bola taqdiri ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Ularning davolanishi uchun sud hukmi bilan belgilangan kompensatsiya imkon qadar tezroq to‘lab berilishi kerak. gazeta.uz »

2024-12-29 05:37

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta nomlandi. Markaz huzurida Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi. gazeta.uz »

2024-5-23 15:16

Sog‘liq yomonlashuviga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish dekriminalizatsiya qilinishi mumkin

Sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazishni dekriminalizatsiya qilib, uni ma’muriy huquqbuzarlik toifasiga o‘tkazilishi kutilmoqda. Deputatlar tegishli qonun loyihasini qabul qildi. gazeta.uz »

2024-5-7 10:26

“Dok-1 Maks”dan vafot etgan va sog‘lig‘i o‘ta og‘ir har bir bola uchun 1 mlrd so‘mdan undirib beriladi

Sud “Dok-1 Maks”dan vafot etgan 68 nafar bola va sog‘lig‘i o‘ta og‘ir ahvoldagi 4 nafar bolaning har biri uchun 1 mlrd so‘mdan ma’naviy zarar undirilishi haqida qaror qildi. Sog‘lig‘i qoniqarli 4 nafar bola uchun 500 mln so‘mdan, sog‘lig‘i yaxshilangan 8 nafar bola uchun esa 200 mln so‘mdan undirilishi belgilandi. gazeta.uz »

2024-2-26 14:41