Ðåçóëüòàòîâ: 32

“Uy qamog‘ida bo‘lgan vaqtida meni zo‘rlab kelgan”. Epshteyn ishi bo‘yicha o‘zbekistonlik ayol ko‘rsatma berdi

Epshteyn hatto uy qamog‘ida bo‘lgan vaqtida ham meni 3 yil davomida zo‘rlab kelgan, dedi o‘zbekistonlik ayol AQShdagi eshituvda. Modellik va’dasi bilan AQShga chaqirilgan jabrlanuvchi o‘sha yillarda “adolatga bo‘lgan ishonchi so‘ngani”, yaqinda fayllarda shaxsi ochiqlangach esa ruhiy bosim ostida qolganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-5-15 10:34

Toshkent aeroportida Bangkokdan uchib kelgan chet ellik yo‘lovchi 6,3 kg marixuana bilan qo‘lga olindi

Toshkent aeroportida Bangkokdan kelgan xorijiy yo‘lovchi tekshiruvdan o‘tkazilganida, yuklar orasidan 6,3 kg marixuana topildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Yil boshidan buyon 15 ta holatda qariyb 30 kg giyohvandlik vositalari musodara qilingan, bu o‘tgan yilga nisbatan 18 kilogrammga ko‘p. gazeta.uz »

2026-4-13 10:17

O‘zbekiston Ukrainadan kelgan bolalarni yana dam olish va sog‘lomlashtirishga qabul qilishni rejalashtirmoqda — Ukraina TIV rahbari o‘rinbosari

2026-yilda O‘zbekiston Ukrainadan kelgan bolalarni sog‘lomlashtirish dasturini qayta tiklashni, shuningdek gumanitar yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Mishenko O‘zbekiston TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-4-3 15:59

To‘plagan balli boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelgan talabalar o‘qishga kirishi mumkin bo‘ladi

Prezident abituriyentlarga o‘qishga kirishda yana bir imkoniyat berilishini ma’lum qildi. Endi abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bo‘lsa, lekin to‘plagan balli boshqa oliygohdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-8-8 14:30

2025-yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan xorijliklarning qariyb 93 foizini afg‘onistonliklar tashkil qildi

2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 223,6 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Ularning 207 536 nafari, ya’ni 92,7 foizi afg‘onistonlikdir. Undan keyingi o‘rinlarda Tojikiston (12 244 kishi) va Turkmaniston (1642) fuqarolari joylashdi. gazeta.uz »

2025-8-5 11:21

Chet eldan qaytganlar va ishlashga kelgan xorijliklarni majburiy OIV tekshiruvidan o‘tkazish reja qilinmoqda

90 kun yoki undan ortiq muddat chet elda bo‘lib qaytgan o‘zbekistonliklar va xorijliklarni OIVga majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish reja qilinmoqda. Qonun loyihasiga ko‘ra, fuqarolarni ko‘rikdan o‘tkazish davlat budjeti, chet el fuqarolari uchun esa shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. gazeta.uz »

2025-6-10 09:27

Bojxona qo‘mitasi telefonlarni deklaratsiyalash tufayli aeroportda yuzaga kelgan navbatlarga izoh berdi

Tarmoqlarda Toshkent aeroportida mobil qurilmalarni UzIMEI`dan o‘tkazish sababli paydo bo‘lgan navbatlar muhokamaga sabab bo‘ldi. Bojxona qo‘mitasi tez orada onlayn deklaratsiyalash ishga tushishi va infokiosklar o‘rnatilishini bildirdi, telefonlarni aeroportda ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy emasligini eslatdi. gazeta.uz »

2025-2-21 12:13