Uklon taksi xizmati Farg‘ona vodiysining beshta shahrida ishga tushiriladi
Uklon taksi xizmati Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Namangan va Andijonda ish boshlaydi. Jarayon 5-avgustdan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Dastlab ilovaga haydovchilar ulanadi, shundan so‘ng u taksi va yetkazib berish xizmati uchun ochiladi. gazeta.uz »












