O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi — Davlat soliq qo‘mitasi
2-iyuldan onlayn taksi agregatorlari o‘zini o‘zi band qilgan va yillik daromadi 100 mln so‘mdan oshgan haydovchi va kurerlar daromadlaridan soliqni avtomatik ushlab qoladi. DSQ bu ularni soliqlarni hisoblash, to‘lash va hisobot topshirish kabi ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos etishini ta’kidladi. gazeta.uz »
