Ðåçóëüòàòîâ: 23

Toshkent ko‘chalarida Soliq dasturi orqali o‘zini o‘zi band qilishni so‘rovchilar paydo bo‘ldi

Toshkentda o‘tkinchilardan Soliq dasturi orqali o‘zini o‘zi band qilishni so‘rovchilar paydo bo‘ldi. “Topshiriq bor, reja qo‘yilgan”, dedi ulardan biri Gazeta muxbiriga. Soliq qo‘mitasi bunday topshiriq borligini rad etdi, Bandlik vazirligi bu ishlar bandlik ko‘rsatkichini yaxshilashga yordam bermasligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-8-18 18:45

Ekspert O‘zbekistonda shifokorlarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ishlashga ruxsat berishni taklif qildi

O‘zbekistonda shifokorlar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomida ishlashiga ruxsat berish taklif qilindi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu shifokorlarga bemorlarga shifoxonalardan tashqarida qonuniy maslahat berish imkonini beradi, aholini qamrab olish darajasini oshiradi va qo‘shimcha soliq tushumlarini yaratadi. gazeta.uz »

2025-7-23 12:32

O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi — Davlat soliq qo‘mitasi

2-iyuldan onlayn taksi agregatorlari o‘zini o‘zi band qilgan va yillik daromadi 100 mln so‘mdan oshgan haydovchi va kurerlar daromadlaridan soliqni avtomatik ushlab qoladi. DSQ bu ularni soliqlarni hisoblash, to‘lash va hisobot topshirish kabi ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos etishini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-7-2 14:16

O‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik bilan shug‘ullanishga doimiy ruxsat beriladi

Jismoniy shaxslarning o‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik bilan shug‘ullanishiga doimiy ruxsat beriladi. Boshida bu tartib 2024-yil oxirigacha joriy etilgandi. Taksi bozoridagi agregatorlar faoliyati tartibga solinadi, ularning davlat, haydovchi va yo‘lovchilar oldidagi majburiyati aniq belgilab qo‘yiladi. gazeta.uz »

2025-1-12 07:36