O‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik bilan shug‘ullanishga doimiy ruxsat beriladi
Jismoniy shaxslarning o‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik bilan shug‘ullanishiga doimiy ruxsat beriladi. Boshida bu tartib 2024-yil oxirigacha joriy etilgandi. Taksi bozoridagi agregatorlar faoliyati tartibga solinadi, ularning davlat, haydovchi va yo‘lovchilar oldidagi majburiyati aniq belgilab qo‘yiladi. gazeta.uz »
