Ðåçóëüòàòîâ: 57

“Fukidid tuzog‘i” nima va nega bu konsepsiya AQSh-Xitoy munosabatlarini tavsiflashda ishlatiladi?

Xitoy raisi Si Szinpin Tramp bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik ularning “Fukidid tuzog‘i”ni yengib o‘ta olishini ko‘rsatishini ta’kidladi. Gazeta siyosatchilar va tahlilchilar tomonidan tez-tez tilga olinadigan va barqaror iboraga aylanib ulgurgan ushbu tushunchaning mohiyatini o‘rgandi. gazeta.uz »

2026-5-18 10:03

SI aviatsiyaga nega kerak va u soha iqtisodiyoti hamda raqobat qoidalarini qanday o‘zgartirmoqda? Boston Consulting Group bilan intervyu

Sun’iy intellekt allaqachon aviakompaniyalarga daromadni oshirishga yordam bermoqda. Ular SI imkoniyatlarini qanday qo‘llayapti, uni joriy etishda qaysi omil va xavflarni hisobga olish kerak, qaysi xalqaro tajriba O‘zbekiston uchun foydali bo‘lishi mumkin? Shular haqida Gazeta BCG ekspertlari bilan suhbatlashdi. gazeta.uz »

2026-5-7 13:46

“Mashinaga egalik qilish qimmat, nega yana ko‘chadagi parkovka uchun ham to‘lashim kerak?” — Poytaxt Parking operatori javoblari

Toshkentda pulli avtoturargoh tizimining joriy etilishi hali ham haydovchilar orasida noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Gazeta haydovchilar tomonidan eng ko‘p beriladigan sakkizta savolni Poytaxt Parking operatoriga yo‘lladi. Kompaniyaning javoblari e’tiboringizga havola qilinadi. gazeta.uz »

2026-5-1 20:06

“Infratuzilmasiz salohiyat”. Nega Markaziy Osiyo tranzit habiga aylana olmayapti? Ekspertlar fikri

MO Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi potensial tranzit yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda, biroq uning imkoniyatlari infratuzilma va tashishlarni tashkil etish bilan cheklangan. Toshkentda ekspertlar mintaqa rivojini qaysi omillar cheklayotgani va uning logistikadagi roli qanday o‘zgarishi mumkinligini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-4-21 08:01

“Davlat manfaatlari do‘stlikdan ustun”. Japarov Tashiyevni nega ishdan olganini tushuntirdi

Sadir Japarov MXDQ rahbari Qamchibek Tashiyevni ishdan bo‘shatish qarorini jamiyatdagi bo‘linishning oldini olish istagi bilan izohladi. Unga ko‘ra, nizo parlamentda chiqqan: u yerda deputatlarni taraflarga ajratish, “general” bilan qo‘rqitish, keyin esa muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish uchun imzo to‘plash boshlangan. gazeta.uz »

2026-2-13 16:32

Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiyalashga oid qonun loyihasi nega cho‘zilmoqda? Akmal Burxanov izohi

Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiyalashga oid qonun loyihasi takomillashtirilib, uni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish jarayoni ketmoqda va bu vakolat Adliya vazirligida, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxanov. “Bu to‘xtab qoladigan hujjat emas”, - dedi u. gazeta.uz »

2026-2-7 08:38

“Nega menga cho‘pchak gaplar gapirasan?” Prezident Shayxontohur tumani IIB sobiq rahbarini tanqid qildi

O‘zbekiston prezidenti Shayxontohur tumani IIO FMB sobiq boshlig‘ining hisobotiga ishonchsizlik bildirdi: “Hozir menga aytgan gaplaringga o‘zing ishonasanmi? Nega menga cho‘pchak gaplar gapirasan?” Uning so‘zlariga ko‘ra, IIB boshliqlari pastga tushmaydi, o‘rinbosarlar va “uchastkavoylar” esa ularni aldaydi. gazeta.uz »

2026-2-2 15:40

“Xavfsizlik va Yaqin Sharqdagi manfaatlar”. Abdulaziz Kamilov — O‘zbekiston nega Tinchlik kengashiga qo‘shilgani haqida

Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston nega Tinchlik kengashiga qo‘shilganini tushuntirdi. Uning ta’kidlashicha, bu, avvalo, xavfsizlik nuqtai nazaridan qilingan harakat. Shuningdek, Kamilov buni O‘zbekistonning Yaqin Sharqdagi manfaati va kengash maqsadlari O‘zbekiston tashqi siyosatiga mos ekani bilan izohladi. gazeta.uz »

2026-1-23 08:27

Statqo‘m rahbariyati aholini ro‘yxatga olishda nega nogironlikka oid savollar yo‘qligiga izoh berdi

Aholini ro‘yxatga olishda nogironlikka oid savollarning yo‘qligi e’tirozlarga sabab bo‘lgach, Statqo‘m rahbariyati izoh berdi. Ta’kidlanishicha, so‘rovnomada daromad manbaiga oid savolning javoblari orasida “nogironlik pensiyasi” varianti ham bor. Shu orqali nogironlar satistikasini shakllantirish mumkin. gazeta.uz »

2026-1-18 10:34

“Avval vrachga, so‘ng dorixonaga”. SSV — elektron retsept tizimi nega kerakligi haqida

O‘zbekistonda ishga tushgan elektron retsept tizimi odamlar dorilarni bemalol sotib olishga odatlangani uchun norozilik keltirib chiqardi. SSV va Farmagentlik tizimning maqsadi va ishlashi, qaysi dorilar retsept bo‘yicha qabul qilinishi va shoshilinch vaziyatda nima qilish kerakligi haqidagi savollarga javob berdi. gazeta.uz »

2025-12-13 09:55

O‘zbekiston banklari birin-ketin omonatlar stavkalarini pasaytirmoqda. Bu nega savollar tug‘diradi?

Markaziy bankning asosiy stavkasi oshganiga qaramay, banklar omonat stavkalarini birin-ketin pasaytirmoqda. Bunga ma’muriy bosim sabab bo‘lishi mumkin. Ayrim banklar anonim tarzda MB stavkalarni pasaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini tasdiqladi. Iqtisodchilar salbiy oqibatlar haqida ogohlantirdi. gazeta.uz »

2025-3-25 20:06

Changga qarshi kurashish va biznesga ko‘maklashish. Dizayn-kod nima va nega shaharlar uchun zarur?

Toshkentning me’moriy qiyofasi, peshlavhalari, ko‘cha mebellaridagi tartibsizlik unga dizayn-kod zarurligidan darak. ATLAS hududiy rivojlantirish byurosi eksperti, poytaxt dizayn-kodi hammuallifi bu hujjat qanday kutilmagan vazifalarni bajarishi va Toshkent dizayn-kodi qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi. gazeta.uz »

2024-11-30 16:59

“Nega propan narxi keskin oshishiga qarshi tezkor choralar ko‘rilmadi?” — “Adolat” deputati davlat organlariga so‘rovlar yubordi

“Adolat” partiyasi deputati Muhammad Valiyev so‘nggi oylarda propan narxi keskin oshgani sababli mas’ul idoralarga so‘rovlar yo‘lladi. So‘rovlarda narxlar oshishining sabablari, ularni barqarorlashtirish va narx shakllanishining shaffofligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi savollar ko‘tarilgan. gazeta.uz »

2024-11-28 08:05