O‘zgidromet yomg‘irga qaramay Toshkentda havo ifloslanishi nega saqlanib qolganini tushuntirdi
Toshkentda yog‘gan yomg‘ir havo sifatining sezilarli yaxshilanishiga ta’sir qilmadi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet. Bunga yuqori namlikda mayda zarrachalarning kattalashishi va yog‘ingarchilikdan keyingi bug‘lanish yangi ifloslantiruvchi moddalar hosil qilishi sabab qilib ko‘rsatildi. gazeta.uz »