Ðåçóëüòàòîâ: 55

Oyiga 10 mingdan ortiq kitob sotgan tadbirkorlarga 1 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

O‘zbekistonda kitob savdosini rag‘batlantirish maqsadida oyiga 10 ming donadan ortiq kitob sotgan tadbirkorlarga 1 mlrd so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi. Shuningdek, turizm, gastronomik, yoshlar sayilgohi va savdo-servisga ixtisoslashgan ko‘chalarda kutubxonalar va book cafe’lar tashkil etish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-4-23 17:50

Raqobat qo‘mitasi o‘tgan yil davomida davlat xaridlarida 28 mingdan ortiq raqobatga zid harakatlarni aniqladi

Qo‘mita o‘tgan yili boshlang‘ich qiymati jami 18,8 trln so‘m bo‘lgan 23 mingdan ortiq davlat xaridini o‘rgandi. Natijada 28 mingdan ortiq raqobatga zid harakatlar aniqlangan. Asosiy muammolar kelishuvlar, ayrim ishtirokchilarga imtiyozli shart-sharoit yaratish va affillanganlik holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan. gazeta.uz »

2026-3-10 14:17

“Elektromobillar uchun alohida o‘rnatilgan hisoblagichlar soni 10 mingdan ortdi” — HET

O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida o‘rtanilgan hisoblagichlar soni 10 500 taga yetdi. HET vakilining aytishicha, texnik xavfsizlik va ta’minot barqarorligini ta’minlash maqsadida elektromobillarni quvvatlash uskunalarini uylarning oldidan olib chiqish va maxsus joylarni ko‘paytirish reja qilinmoqda. gazeta.uz »

2025-11-9 15:10

O‘zbekistonda 6 mingdan ortiq shaxs shahvoniy shilqimlik va oiladagi zo‘ravonlikda ayblanib, sudlandi

O‘zbekistonda 2025-yilning birinchi yarmida 4952 kishi oiladagi zo‘ravonlikda ayblanib ma’muriy javobgarlikka tortildi. Shuningdek, bu vaqt davomida 986 nafar shaxs shahvoniy shilqimlik qilishda, 99 nafar fuqaro esa shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi ma’lumotlarni oshkor qilishda ayblangan. gazeta.uz »

2025-8-5 09:24

O‘shdagi Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetining 3 mingdan ortiq talabasi o‘qishdan chetlatildi

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida joylashgan Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetida 3167 nafar talaba o‘qishdan chetlatildi. Ta’lim sohasidagi korrupsiyani bartaraf etish maqsadida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar doirasida O‘shdagi oliy ta’lim muassasalaridan 13 295 nafar talaba chetlatilgan. gazeta.uz »

2025-7-29 08:04

Samarqanddagi o‘rmonda 50 mingdan ortiq o‘simlik va daraxt yonib ketdi, tabiatga qariyb 2 mlrd so‘m zarar yetdi

Samarqanddagi Kattaqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligida 10,5 gektar maydonda yong‘in chiqdi. 7,4 gektar yer zararlanib, 50 ming tupga yaqin yulg‘un va yana bir qancha boshqa daraxtlar shikastlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar qariyb 1,9 milliard so‘mni tashkil etdi. Holat yuzasidan hujjatlar prokuraturaga topshirildi. gazeta.uz »

2025-5-1 20:34

2025-yilda 200 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosini iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborish rejalashtirilmoqda — bosh vazir

O‘zbekiston hukumati 2025-yilda 200 mingdan ortiq fuqaroni ish haqi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga ishga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Bosh vazir Abdulla Aripov kasbiy mahorat va chet tillariga o‘qitish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-11-22 20:19

AQSh bilan qo‘shma loyiha O‘zbekistonga 50 mingdan ortiq metan sizib chiqishini aniqlash va bartaraf etish imkonini berdi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi “Hududgazta’minot” hamda Climate Compass shu’ba korxonasi GasGreen Asia’ning qo‘shma loyihasi natijalarini e’tirof etdi. 2023-yil mart oyidan buyon 50 mingdan ortiq metan sizib chiqishi bartaraf etildi, shu sabab chiqindi hajmi qisqardi va millionlab dollar iqtisod qilindi. gazeta.uz »

2024-10-2 16:07

O‘zbekistonda English Speaking Nation dasturi yakunlandi. To‘rt yilda 18 mingdan ortiq ingliz tili o‘qituvchisi o‘qitildi

O‘zbekistonda English Speaking Nation (Ingliz tilida so‘zlashuvchi millat) dasturi doirasida 18 mingdan ortiq ingliz tili o‘qituvchisining bilim va malakalari oshirildi. To‘rt yil davom etgan, qiymati 7 mln dollar bo‘lgan qo‘shma dastur AQSh tashkilotlari ko‘magida olib borildi. gazeta.uz »

2024-4-22 09:22