Ðåçóëüòàòîâ: 272

Fuqarolarni aldab, ularning 1,7 mlrd so‘m va 95 ming dollari hamda mol-mulkini o‘zlashtirgan soxta prokuratura xodimi ushlandi

O‘zini Bosh prokuratura xodimi deb tanishtirgan shaxs qo‘lga olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u bir nechta fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning 95 ming dollar, 1,7 mlrd so‘m pullari, avtomashina hamda tilla taqinchoqlarni firibgarlik va o‘g‘rilik yo‘li bilan o‘zlashtirgan. gazeta.uz »

2026-6-19 15:42

Koreyaga ishga yuborish uchun $90 ming olgan Migratsiya agentligi Farg‘ona filiali sobiq rahbari ushlandi

Migratsiya agentligining Farg‘ona viloyati filiali sobiq rahbari 8 kishini Koreyaga yuborish uchun 90 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda. Yangiqo‘rg‘onda esa 22 nafar fuqaroga Koreyadan ish topib berishni va’da qilib, 34,2 ming dollar va 79,3 mln so‘m olganlar ushlandi. Hududlarda yana shu kabi holatlar fosh etildi. gazeta.uz »

2026-6-19 08:51

Namanganda maktab direktorligi uchun $8,5 ming olgan mansabdor ushlandi. U oldin ham shu kabi jinoyatda sudlangan

Namanganda maktab direktorligiga ishga joylashtirish uchun 8,5 ming dollar pora olgan viloyat MMTB shu’ba boshlig‘i ushlandi. U 2011-yilda ham xuddi shunday jinoyatlar uchun sudlangan. Qolaversa, Davlatobodda tadbirkorga bog‘cha hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga pul olgan bosh mutaxassis qo‘lga tushdi. gazeta.uz »

2026-6-15 14:39

Surxondaryoda yengilroq jazo tayinlatish uchun $53 ming olgan sudya katta yordamchisi ushlandi

Surxondaryo viloyati sudining sudya katta yordamchisi jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchilarga yengilroq jazo tayinlatish, 6,3 mlrd so‘mlik zarar miqdorini kamaytirish va qamoq ehtiyot chorasini bekor qildirishni va’da qilib, 53 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. gazeta.uz »

2026-5-12 12:39

Toshkentda shar’iy nikohidagi ayolini o‘ldirish uchun 10 ming dollarga qotil yollagan erkak ushlandi

Toshkentda shar’iy nikohidagi ayolini o‘ldirish uchun qotil yollagan shaxs qo‘lga olindi. U buning uchun 10 ming dollar va’da qilib, 2 ming dollarini oldindan bergan. IIO ayolning o‘limini sahnalashtirish orqali gumonlanuvchini voqea paytida ushladi. Hozirda unga jinoyat ishi ochilib, qamoqqa olingan. gazeta.uz »

2026-5-5 07:19

Toshkentda ikkinchi xotinini o‘ldirish uchun 10 ming dollarga qotil yollagan erkak ushlandi

Toshkentda shar’iy nikohidagi ikkinchi ayolini o‘ldirish uchun qotil yollagan shaxs qo‘lga olindi. U buning uchun 10 ming dollar va’da qilib, 2 ming dollarini oldindan bergan. IIO ayolning o‘limini sahnalashtirish orqali gumonlanuvchini voqea paytida ushladi. Hozirda unga jinoyat ishi ochilib, qamoqqa olingan. gazeta.uz »

2026-5-5 07:19