O‘zbekiston JCH oldidan o‘rtoqlik uchrashuvida Niderlandiyaga ham mag‘lub bo‘ldi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH oldidan o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida Niderlandiyaga 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Kodi Gakpo 2 marta penaltini aniq amalga oshirgan bo‘lsa, Igor Sergeyev O‘zbekistonning yagona goliga mualliflik qildi.












