Surxondaryoda daryodan neft oqqani aytilmoqda, u Eriell hovuzlaridan quyilgan
Tarmoqlarda Qumqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi daryoda neftga o‘xshash qora rangli suv oqayotgani aks etgan video tarqaldi. Suv xo‘jaligi boshqarmasi bunga Eriell kompaniyasiga tegishli neft hovuzlaridan suv toshishi sabab bo‘lganini bildirdi. Ekoboshqarma laboratoriya tahlillari o‘tkazishni boshladi. gazeta.uz »









