Ðåçóëüòàòîâ: 33

Toshkent va Chorvoq o‘rtasida pulli yo‘l qurilishini 2026-yil oxirlarida boshlash rejalashtirilmoqda

Toshkent va Chorvoq orasida pulli avtomobil yo‘li paydo bo‘ladi, dedi transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev. Ayni paytda loyiha konsepsiyasi ishlab chiqilishi va ma’qullanishi kutilmoqda. 2026-yil o‘rtalarigacha texnik-iqtisodiy asosni tayyorlash, 2026-yil oxirlarida qurilishni boshlash rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »

2025-11-21 14:17

Toshkentda pulli avtoturargohlar qanday joriy etilmoqda? Streetpark Systems rahbari bilan suhbat

Toshkentda pulli avtoturargohlar paydo bo‘lishi bilan ko‘plab joylarda mashinalarni tartibsiz qoldirib ketish holatlari kamaydi. Tizim allaqachon ishga tushgan. Uning qanday tuzilgani, to‘xtash joylaridan to‘g‘ri foydalanish haydovchilarga qanday o‘rgatilishi va tizimning istiqboli - Gazeta materialida. gazeta.uz »

2025-7-18 09:53

Toshkentda yo‘l chetidagi pulli avtoturargohlar qanday ishlaydi va undan tushgan pul qayerga ketadi?

8-maydan Toshkentning dastlab 6 ta, yoz oxirigacha 86 ta ko‘chasida yo‘l chetidagi avtoturargohlar pulli bo‘ladi. Undagi tariflar soatiga 5 mingdan 12 ming so‘mgacha. Hududda to‘xtash qoidasini buzganlar hozircha jarimaga tortilmaydi, tizimdan tushgan daromad yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga sarflanadi. gazeta.uz »

2025-5-6 14:19

Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon avtoyo‘llarida turli pulli xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi

Prezidentga Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘llari loyihalarining hozirgi holati taqdimot qilindi. Geodeziya ishlarini jadallashtirib, yo‘llar hududini tayyorlash, qurilishga mablag‘ va pudratchilarni jalb qilish, yo‘llarda turli pulli xizmatlar yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. gazeta.uz »

2025-3-27 23:40

Toshkent-Andijon pulli avtoyo‘li magistraldagi YTHlarni 40 foizga kamaytirishi aytilmoqda

Prezidentga yirik transport infratuzilmasi loyihalarining borishi bo‘yicha axborot berildi. Toshkent-Andijon pulli avtoyo‘li YAIMni 2,6% oshirib, YTHlarni 40% ga kamaytirishi mumkin. Davlat rahbari yuklamasi ko‘p boshqa yo‘llarda ham muqobil magistrallar qurish, qulaylik va xavfsizlikni kuchaytirishni buyurdi. gazeta.uz »

2025-2-3 20:14

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha tender e’lon qilindi

Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan tender e’lon qilindi. Loyihaning birinchi bosqichi umumiy uzunligi 171 kilometrni tashkil etadi (Toshkentdan Angrengacha va Qamchiq dovoni). gazeta.uz »

2025-1-29 09:58

Toshkentdagi pulli parkovkalar uchun kimoshdi savdosi qayta o‘tkazildi. G‘olib — Streetpark Systems

Toshkent shahrida pulli avtoturargohlarni tashkil etish huquqini beruvchi takroriy auksion o‘tkazildi. 120 mlrd so‘m taklif qilgan avvalgi g‘olib Balcomuz kompaniyasi bilan shartnoma tuzilmagan. Yangi g‘olib Streetpark Systems bo‘ldi, u ikkita taklifdan so‘ng 62,9 mlrd so‘mlik taklif bilan g‘olib chiqdi. gazeta.uz »

2024-12-18 15:06

Toshkentdagi pulli “parkovka”larni tashkil etish bo‘yicha auksionda Balcomuz kompaniyasi g‘olib chiqdi

Poytaxtda umumiy uzunligi 111,6 km bo‘lgan 86 ta uchastkada pulli avtoturargohlar tashkil etish huquqini beruvchi kim oshdi savdosi yakunlandi. Unda boshlang‘ich bahodan 2 baravar yuqori - 120,1 mlrd so‘m taklif etgan Balcomuz kompaniyasi g‘olib deb topildi. Kompaniya haqida nimalar ma’lum? gazeta.uz »

2024-11-25 13:16

“Pulli yo‘l qurishimiz uchun unga muqobil bepul yo‘lni ta’minlab berishimiz shart” — Jamshid Tursunov

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismi pulli yo‘lga aylantirilishi haqida gapirib, bu yo‘lning boshqa muqobillari borligini ta’kidladi. “Bugungi kunda Toshkent - Bo‘stonliq yo‘lda muqobillik asosida boriladigan bir emas, ikkita yo‘l bor”, - deydi u. gazeta.uz »

2024-9-25 13:11