Ðåçóëüòàòîâ: 82

O‘zbekistonda bank kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar uchun komissiya bekor qilinishi mumkin

Jismoniy shaxslarning o‘z bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini komissiyasiz amalga oshirish taklif etilmoqda. Qolaversa, pullik SMS xabarnomalar xarajatlari qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Prezident raqamlashtirish biznes va aholi uchun qo‘shimcha yuk emas, balki qulaylik bo‘lishi shartligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-5-5 15:45

Antikorrupsiya agentligi “Ezgulik” jamiyati yutgan 500 mln so‘m bekor qilinganiga izoh berdi. Jamiyatning o‘zi nima deydi?

Antikorrupsiya agentligi Gazeta`ga bergan izohida “Ezgulik”ka 500 mln so‘m grant mablag‘i berilmaganini jamiyat rahbari Abdurahmon Tashanov ustidan jamoaviy shikoyat kelib tushgani bilan bog‘ladi. Tashanov bu tuhmat ekani, loyihaga oid harakatlar davlat xaridlari portali orqali amalga oshirilganini aytdi. gazeta.uz »

2026-2-17 12:01

Tramp Yevropa davlatlariga qarshi bojlarni bekor qilib, Grenlandiya bo‘yicha kelishuvni e’lon qildi

AQSh prezidenti Grenlandiyani nazorat qilish mojarosi tufayli Yevropa davlatlariga qarshi amalga oshirmoqchi bo‘lgan qo‘shimcha bojlar rejasidan voz kechdi. NATO bosh kotibi bilan uchrashuvdan so‘ng Tramp kelishuv shartlarini kelishib olganini va bu AQShga “o‘zi xohlagan hamma narsani” berishini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-1-23 21:43

Toshkentda majburiy davolash choralarini bekor qilib berish uchun mahkumdan 7,5 ming dollar talab qilgan shifokor qo‘lga olindi

Toshkentda koloniya shifokori majburiy davolash choralarini bekor qilib berish evaziga mahkumdan 7500 dollar talab qildi. Mahkumning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilib, kelishilgan pul mablag‘larini olayotgan vaqtida shifokor o‘z kasbdoshi bo‘lgan sherigi bilan birga qo‘lga olingan. gazeta.uz »

2026-1-16 13:06

Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ma’lumotnoma ko‘rsatish talabi bekor qilinmoqda

O‘zbekistonda nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish talabi bekor qilinmoqda. Boshqa o‘zgarishlar qatorida YAIDXPdagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning qog‘oz shakliga tenglashtirilishi va avtomototransport vositasi guvohnomasida mulkdorning manzilini ko‘rsatish talab etilmasligi ham bor. gazeta.uz »

2025-9-9 14:36

Sud Tramp ma’muriyatining Garvardni moliyalashtirishni qisqartirish qarorini bekor qildi

AQSh federal sudi Tramp ma’muriyatining Garvard universitetiga ajratgan milliardlab mablag‘larini muzlatib qo‘yganini noqonuniy deb topdi, bunda so‘z erkinligi huquqi buzilgan. Ma’muriyat bir necha oydan beri oliygohni antisemitizm, “radikal so‘l” mafkuralar va irqiy tarafkashlikda ayblab kelmoqda. gazeta.uz »

2025-9-4 09:33

Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlardagi layklar uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi

Emomali Rahmon ijtimoiy tarmoqlardagi layklar va reaksiyalar uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Tuzatishlar Tojikiston prezidenti huquq-tartibot idoralarini asossiz jinoiy ishlar uchun tanqid qilib, bu amaliyotga “nuqta qo‘yish”ni talab qilganidan so‘ng qabul qilindi. gazeta.uz »

2025-5-14 15:50

Rossiyaning Qrim ustidan nazorati, sanksiyalarning bekor qilinishi, Ukrainaga kompensatsiyalar. AQShning tinchlik rejasi haqida nimalar ma’lum?

AQSh rasmiylari Ukrainaga Rossiyaning Qrim ustidan de-yure nazoratini tan olish, hozirgi front chizig‘ini muzlatish, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish va Kiyevga “ishonchli xavfsizlik kafolati”ni o‘z ichiga olgan urushni tinch yo‘l bilan hal qilish rejasini taqdim etdi, deb yozmoqda G‘arb OAV. gazeta.uz »

2025-4-24 20:27