Ðåçóëüòàòîâ: 31

O‘zbekiston aholisi 39 milliondan oshdi — aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari

O‘zbekiston aholisining haqiqiy soni joriy statistik hisob-kitoblardan yuqori bo‘lib chiqdi. E’lon qilingan aholini ro‘yxatga olishning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 15-yanvar holatiga ko‘ra mamlakatda 39 047 321 kishi istiqomat qilgan - bu joriy hisob-kitoblardan 810 ming 617 kishiga ko‘p. gazeta.uz »

2026-6-30 08:33

Juda ham katta, qimmatbaho ma’lumot yig‘ildi — Ro‘yxatga olish yakunlari bo‘yicha intervyu

Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda 37 yil ichida ilk bor aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazildi. Gazeta Milliy statistika qo‘mitasi vakili Jaxongir Qambarov bilan jarayon qanday o‘tgani, qanday qiyinchiliklar kuzatilgani, ma’lumotlar qachon va qanday ochiqlanishi, kelgusidagi rejalar haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »

2026-3-31 10:30

Statqo‘m rahbariyati aholini ro‘yxatga olishda nega nogironlikka oid savollar yo‘qligiga izoh berdi

Aholini ro‘yxatga olishda nogironlikka oid savollarning yo‘qligi e’tirozlarga sabab bo‘lgach, Statqo‘m rahbariyati izoh berdi. Ta’kidlanishicha, so‘rovnomada daromad manbaiga oid savolning javoblari orasida “nogironlik pensiyasi” varianti ham bor. Shu orqali nogironlar satistikasini shakllantirish mumkin. gazeta.uz »

2026-1-18 10:34

2026-yilgi aholini ro‘yxatga olish: Prezident tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Prezidentga 2026-yil yanvar oyida boshlanadigan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari haqida ma’lumot berildi: 60 mingdan ziyod “Mahalla yettiligi” vakillari o‘qitildi, uylar geomanzillari shakllantirildi, mahallalarda tashkiliy rejalar tasdiqlandi. Ma’lumotlar integratsiyasi bo‘yicha aniq yechimlar kerak. gazeta.uz »

2025-11-27 19:56

O‘zbekistonda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning yagona tartibi joriy etiladi (hozir poytaxtda alohida tartib)

Deputatlar poytaxt va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi qonunni bekor qilishni muhokama qila boshladi. Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning yagona tartibini va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning xabardor qilish tizimini joriy etish taklif etilmoqda. gazeta.uz »

2024-8-20 14:16

Aholini ro‘yxatga olishning nima keragi bor va nega O‘zbekistonda bu ish 34 yildan beri qilinmayapti?

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish so‘nggi bor 1989-yili o‘tkazilgan. Yangisi 2022-yilga reja qilingan edi, pandemiya sabab 2023-yilga qoldirildi, ammo baribir o‘tkazilmadi. O‘zi uning nima keragi bor, u qanday foyda keltiradi va uni kechiktirish nimasi bilan xatarli - “Gazeta.uz” shu haqda ma’lumot beradi. gazeta.uz »

2024-3-6 07:30