O‘zbekistonda deyarli 2,5 mln xonadon ro‘yxatga olib bo‘lindi
15-yanvardan beri O‘zbekistonda qariyb 2,5 mln xonadon, shuningdek, 31 ming fermer xo‘jaligi va agrar korxonalar onlayn tarzda ro‘yxatga olindi, deya ma’lum qilindi prezidentga. Ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish uchun asosan “mahalla yettiligi” a’zolaridan iborat 60 mingga yaqin mutaxassis o‘qitildi. gazeta.uz »