Ðåçóëüòàòîâ: 27

O‘zbekistonda 2025-yilda Bolalar ombudsmaniga murojaatlar soni deyarli ikki barobarga oshdi

2025-yilda Bolalar ombudsmaniga bolalar huquqlari yuzasidan 1934 ta murojaat kelib tushdi, ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan (1064 ta) deyarli ikki baravar ko‘paydi. Shu davr mobaynida sudlar bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha 937 nafar shaxsga oid 666 ta jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. gazeta.uz »

2026-5-23 18:32

“Ekotizimlar uchun suv deyarli qolmayapti”. Ekologiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari — O‘zbekiston suv resurslari uchun xatarlar haqida

O‘zbekiston suvining qariyb 80 foizini yuqori oqimdagi davlatlardan oladi, resurslarning 90 foizi esa qishloq xo‘jaligida ishlatiladi, dedi ekologiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari. U Afg‘onistondagi Qo‘shtepa kanali va Tojikistondagi Rog‘un GESining daryolar rejimiga ta’sirini ham qayd etdi. gazeta.uz »

2026-5-8 15:54

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi ayollarning deyarli 70 foizi tug‘uruq paytida qo‘pol munosabatga duch kelgan — BMT

Sharqiy Yevropa va MO davlatlaridagi ayollarning deyarli 70 foizi tug‘uruq jarayonida qo‘pol munosabatga duch kelgan. YUNFPA hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi so‘rovnoma ishtirokchilarining uchdan ikki qismi madaniy va ijtimoiy normalar sababli “akusherlik zo‘ravonligi” atamasini bilmaydi. gazeta.uz »

2026-3-13 15:56

“Qoradori-2025” operatsiyasining ikki oyida deyarli yarim tonna narkotik musodara qilindi

May-iyun oylarida O‘zbekistonda “Qoradori-2025” operatsiyasi doirasida 2632 narkojinoyat qayd etilib, 446,3 kg narkotik va 43 kg dan ortiq retseptli dorilar musodara qilindi. Organ xodimlari 183,3 ming dona ko‘knori va nasha o‘simliklari, shu jumladan, vertolyotdan topilgan 50 dona noqonuniy ko‘chatni aniqladi. gazeta.uz »

2025-7-11 16:45

Ikki kunda so‘m dollarga nisbatan deyarli 110 so‘mga mustahkamlandi. Bu nima bilan bog‘liq?

O‘zbekistonda dollarning so‘mga nisbatan kursi ikki kunda deyarli 110 so‘mga arzonlashdi. Mayda milliy valyuta kursi 0,8% mustahkamlandi, yil boshidan - 0,6%. Bu dunyo bo‘ylab dollar kursi pasayishi, zaxiralar va eksport o‘sishi (oltin rekord darajada yuqoriligi tufayli) va boshqa omillar fonida sodir bo‘lmoqda. gazeta.uz »

2025-5-28 19:25

Budjet mablag‘lari xarajatlari ustidan deputatlar nazorati deyarli sezilmayapti — prezident

Deputatlar davlat budjeti ijrosi hamda budjet xarajatlari ustidan nazorat mexanizmlarini kuchaytirishi kerak, dedi O‘zbekiston prezidenti. Shuningdek, u yer, mol-mulk va aylanmadan olinadigan soliqlarning 100 foizini, daromad solig‘ining kamida 50 foizini tuman budjetlarida qoldirish taklifini bildirdi. gazeta.uz »

2024-11-18 15:25