Ðåçóëüòàòîâ: 28

O‘zbekiston JSTga to‘laqonli a’zolikni 2026-yilda rasmiylashtirishni reja qilmoqda

O‘zbekiston 2026-yilda Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish niyatida. Masala Prezident huzuridagi yig‘ilishda muhokama qilindi. Buni mart oyida amalga oshirish rejalashtirilgandi, biroq bosh muzokarachi Azizbek Urunovning ma’lum qilishicha, ayrim davlatlar hujjatlarni ko‘rib chiqishni paysalga solgan. gazeta.uz »

2026-5-6 20:03

JSTga a’zolik muddati, avtomobillarga bojlar va proteksionizm haqida — Azizbek Urunov bilan intervyu

Ayrim davlatlarning hujjatlarni ko‘rib chiqishi cho‘zilayotgani bois O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi kechiqmoqda. Prezidentning JST masalalari bo‘yicha vakili Azizbek Urunovga ko‘ra, a’zo bo‘lish doirasida tariflarni liberallashtirishda “sezgir” tarmoqlar uchun 8 yilgacha bo‘lgan o‘tish davrlari muhokama qilinmoqda. gazeta.uz »

2026-3-12 08:53

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish doirasida Kanada bilan muzokaralarni yakunladi

JSTga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida O‘zbekiston Kanada va Panama bilan tovar va xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlashga oid protokollarni imzoladi. JST bo‘yicha maxsus vakil Azizbek Urunov jarayonni to‘liq yakunlashda hamon uchta mamlakat qolayotganini aytdi (ular qaysilar ekani noma’lum). gazeta.uz »

2025-11-6 09:12

O‘zbekiston YI va Panama bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi, uchta davlat qoldi

O‘zbekiston va YI JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi, deb xabar qildi bosh muzokarachi Azizbek Urunov. Muzokaralar kelgusida a’zolik bayonnomasida mustahkamlab qo‘yiladigan tariflar va xizmatlar bo‘yicha imtiyozlar va majburiyatlarni o‘z ichiga oldi. Mamlakat Panama bilan ham kelishuvga erishdi. gazeta.uz »

2025-10-24 17:58

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar yakuniga yetmoqda — Ngozi Okonjo-Iveala

O‘zbekiston prezidenti va Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala mamlakatning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini muhokama qildi. “Umid qilamizki, mart oyigacha barcha jarayonlar to‘liq yakunlanadi va biz O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lganini tantanali ravishda nishonlaymiz”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-9-23 14:44

Temiryo‘l qurilishi va JSTga a’zolik: Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi bilan muzokara o‘tkazdi

Ostonada Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpin bilan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishini jadallashtirish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishni muhokama qildi. O‘zbekistonning JSTga a’zoligi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlanganiga oid bayonnoma imzolangani e’lon qilindi. gazeta.uz »

2025-6-17 12:04

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonlari yakuniy bosqichga o‘tmoqda — prezident

Prezident O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha “yakuniy bosqich”ga o‘tayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, JST qoidalariga zid bo‘lgan imtiyozlar bekor qilinayotganiga qaramay, davlat tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va adolatli raqobat muhitida ishlash uchun barcha sharoitlarni yaratadi. gazeta.uz »

2024-12-20 14:13

“JSTga a’zo bo‘lish uchun qoidalarning 29 foizi uyg‘unlashtirildi, oldinda hali qancha ishimiz turibdi” — prezident

O‘zbekiston o‘z qonunchiligini JST kelishuvlari bilan 29 foizga uyg‘unlashtirdi (yil boshida ko‘rsatkich 25 foiz edi), dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident 269 laboratoriya va 2000 dan ortiq mahalliy standartlarning xalqaro standartlarga muvofiq tan olinishiga erishish bo‘yicha topshiriq berdi. gazeta.uz »

2024-10-11 12:28

O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston JSTga kirish doirasida 18 davlat bilan muzokaralarni yakunladi, ulardan 14 tasi bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollar imzoladi. 12-sentabr kuni Braziliya va Shri-Lanka bilan protokol imzolangan bo‘lsa, 13-sentabr kuni Argentina bilan muzokaralar yakunlandi. gazeta.uz »

2024-9-13 13:04

JSTga qo‘shilish o‘zimizdan o‘zimizni himoya qilishimizga yordam beradi — Doniyor G‘aniyev

Deputat Doniyor G‘aniyev O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi, birinchi navbatda, mamlakat o‘zini o‘z ichidagi turli lobbi guruhlaridan himoya qilishi uchun kerakligini aytdi. “Erkin savdodan yutadiganlar doim yutqazadiganlardan ko‘p bo‘ladi”, - deya qo‘shimcha qildi u. gazeta.uz »

2024-6-25 15:34

Hech bir davlat JSTga a’zolikni siyosiy irodasiz amalga oshira olmagan — JST bosh direktori

Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaga ko‘ra, hech bir mamlakat tashkilotga a’zolikni siyosiy irodasiz amalga oshira olmagan. “O‘zbekiston hukumatida kuchli siyosiy irodani ko‘ryapman”, - degan bosh direktor a’zolikka da’vogarlar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonga kelganini qayd etdi. gazeta.uz »

2024-6-7 13:09

Britaniya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

O‘zbekistonlik diplomatlari va Buyuk Britaniya biznes va savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i Luis Kolvell o‘rtasidagi muzokaralarda Britaniya tomoni O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi qadamlarini olqishlab, bu yo‘nalishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirdi. gazeta.uz »

2024-3-11 16:01