Ðåçóëüòàòîâ: 304

Xitoy va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar natijalari Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmaydi — ekspert

Tramp va Si Szinpin oxirgi 9 yilda ilk bor Xitoyda uchrashdi. Gazeta ekspert Temur Umarov bilan biror-bir yutuqni kutish kerakmi, tomonlar qanday maqsadlarni ko‘zlamoqda va sammit dunyo hamda MO uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-5-14 16:39

AQSh Hurmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni “olib chiqishga” yordam berishini e’lon qildi

Tramp AQSh Hurmuz bo‘g‘ozida “Ozodlik” operatsiyasini boshlaganini e’lon qildi. Uning doirasida, Trampning so‘zlariga ko‘ra, bo‘g‘ozda qolib ketgan kemalarni xavfsiz olib chiqishga ko‘maklashiladi. U operatsiyani insonparvarlik ishorasi deb atab, har qanday aralashuvga kuch bilan javob qaytarilishidan ogohlantirdi. gazeta.uz »

2026-5-4 12:58

AQSh sudi Tramp ma’muriyatining immigratsiya arizalarini to‘xtatib qo‘yish qarorini rad etdi

Boston federal sudyasi prezident Tramp ma’muriyatining ayrim davlatlar fuqarolari uchun grin-karta va ishlash ruxsatnomasini cheklash siyosatini noqonuniy deb topdi. Sud 200 nafar immigrant da’vosi asosida ushbu tartibni kamsituvchi deb baholab, arizalarni ko‘rib chiqishni to‘xtatishga oid qarorni bekor qildi. gazeta.uz »

2026-5-1 08:59

AQSh Eron bilan urushda yordam bermagan NATO davlatlaridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishni ko‘rib chiqmoqda — WSJ

Tramp ma’muriyati Eron bilan urushda AQShga yetarlicha yordam bermagan NATO davlatlaridan AQSh qo‘shinlarini olib chiqib ketish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ittifoqchilardan norozi bo‘lgan Tramp avvalroq alyansdan butunlay chiqib ketish bilan tahdid qilgandi. Uning “ko‘ngli qolgan” a’zolar qatorida Ispaniya bor. gazeta.uz »

2026-4-9 15:23

AQSh va Eron o‘t ochishni 45 kunga to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — Axios

AQSh va Eron vositachilar orqali o‘t ochishni 45 kunga to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Biroq, Axios manbalariga ko‘ra, kelishuvga erishish imkoniyatlari juda kam. Tramp esa, o‘z navbatida, Hurmuz bo‘g‘ozi ochilmasa, Eronning ko‘priklari va elektr stansiyalarini bombardimon qilish bilan yana tahdid qilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-6 13:32

“Mintaqa kelajagini odamlar shakllantiradi”. AQSh ta’lim dasturlari bitiruvchilarining ilk forumi qanday o‘tdi?

Toshkentda birinchi Central Asian Alumni Forum - AQSh ta’lim dasturlari bitiruvchilarining uchrashuvi o‘tdi. Ishtirokchilar, jumladan, davlat mulozimlari xorijdagi tajriba qanday qilib loyiha va biznesga aylanayotgani hamda hamkorlikni rivojlantirayotganini muhokama qildi. Forumda Gazeta muxbiri ham qatnashdi. gazeta.uz »

2026-3-30 20:48

AQSh sudi Tramp ma’muriyatining FZT raisi Jerom Pauellga qo‘ygan ayblovlarini asossiz deb topdi

AQSh sudi Tramp ma’muriyati tomonidan FZT raisi Jerom Pauellga qo‘yilgan ayblovlarni asossiz deb topdi va FZTga yuborilgan chaqiruv qog‘ozlarini to‘xtatib qo‘ydi. Sud xulosasiga ko‘ra, Adliya vazirligi rais Pauellga foiz stavkalarini pasaytirishi yoki lavozimdan ketishi uchun “bosim o‘tkazishga” urinmoqda. gazeta.uz »

2026-3-23 20:00

O‘zbekiston TIV rahbari AQSh davlat kotibiga Uzbekistan Quarter in Gaza albomini ko‘rsatdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vashingtonda AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ular “global darajadagi eng dolzarb muammolar”ni muhokama qildi. Uchrashuv davomida e’lon qilingan suratga ko‘ra, vazir davlat kotibiga Uzbekistan Quarter in Gaza albomini taqdim etgan. gazeta.uz »

2026-2-6 12:47

Makron Tramp boshchiligidagi Tinchlik kengashiga qo‘shilmoqchi emas, AQSh prezidenti fransuz vinolariga boj solish bilan tahdid qilmoqda

Tramp Makronni Fransiya G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga qo‘shilmoqchi emasligi uchun tanqid qilib, fransuz vinosiga nisbatan 200 foiz bojlar solishini aytdi. OAV Fransiya taklifni “nizom kengash rolini faqat G‘azo hududi bilan cheklab qo‘ymaydigan ko‘rinadi”, deya qabul qilishdan bosh tortgani haqida yozdi. gazeta.uz »

2026-1-20 13:10

AQSh 75 ta davlat fuqarolari uchun immigratsiya vizalarini rasmiylashtirishni to‘xtatdi, ular orasida O‘zbekiston ham bor

AQSh 21-yanvardan O‘zbekiston va yana 74 ta davlat fuqarolari uchun immigratsiya vizalarini rasmiylashtirish noma’lum muddatga to‘xtatilishini e’lon qildi. Bunda arizalar qabul qilinaveradi. Amaldagi immigratsiya vizalari bekor qilinmaydi. Turistik vizalar avvalgi tartibda beriladi. gazeta.uz »

2026-1-15 09:06