Ðåçóëüòàòîâ: 337

AQSh deportatsiyadagi migrantlarni qabul qilishi uchun Afrika, Lotin Amerikasi va Sharqiy Yevropa davlatlari bilan kelishishga urinmoqda — WSJ

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Afrika, Osiyo va Sharqiy Yevropaning bir qancha davlatlari bilan deportatsiya qilingan migrantlarni qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. Nomzodlar orasida Liviya, Ruanda, Moldova, Mo‘g‘uliston va Kosovo bor. gazeta.uz »

2025-4-2 20:52

AQSh sudi “Ozodlik radiosi”ni moliyalashtirishdan bosh tortishga vaqtinchalik taqiq qo‘ydi

Vashington federal okrug sudi “Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi” iltimosnomasini qanoatlantirib, AQSh Global media agentligi tomonidan uni moliyalashtirishdan bosh tortishga vaqtinchalik taqiq qo‘ydi. “USAGM bitta ibora bilan „Ozodlik“ ishini to‘xtata olmaydi - hatto buni prezident buyurgan bo‘lsa ham”, - dedi sudya. gazeta.uz »

2025-3-26 10:29

Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentiga tornado oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampga mamlakatning markaziy va janubiy shtatlarida ro‘y bergan vayronkor tornadolar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jabr ko‘rgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi. Kamida 39 kishi halok bo‘lgani ma’lum. gazeta.uz »

2025-3-17 15:07

“Tramp G‘azosi”. AQSh prezidenti G‘azo kelajagi haqida sun’iy intellekt ishlagan videoni e’lon qildi

Donald Tramp G‘azo sektori va uning kelajagiga oid, sun’iy intellekt ishlagan, “Tramp G‘azosi” nomli videoni e’lon qildi. Lavhada prezidentning o‘zi va uning oltin haykali, pul sochayotgan Ilon Mask, dam olayotgan Tramp hamda Netanyahuni ko‘rish mumkin. Avvalroq Tramp G‘azo ustidan nazoratga da’vo qilgandi. gazeta.uz »

2025-2-26 13:26

Rossiya va AQSh bir necha oydan beri Shveysariyada urush mavzusini maxfiy muhokama qilmoqda — Reuters

Rossiya va AQSh vakillari so‘nggi oylarda Shveysariyada urush mavzusida norasmiy va yashirincha uchrashib turibdi, deb yozdi Reuters. Biroq ko‘p tafsilotlar: aynan nima muhokama qilingani, ularda ukrainaliklar bor-yo‘qligi, muzokaralar qachon boshlangani noma’lum. Uchrashuvlar “ikkinchi trek” sifatida tavsiflanmoqda. gazeta.uz »

2025-2-21 15:46

AQSh Davlat departamenti Amerika kemalari uchun Panama kanali orqali o‘tish to‘lovi bekor bo‘lganini bildirgandi. Panama buni rad etdi

AQSh Davlat departamenti endilikda Amerika kemalari Panama kanali orqali bepul o‘tishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Panama hukumati buni rad etdi. Tramp avvalroq kanaldan o‘tish tariflari yuqoriligini aytgan va kanalni AQSh nazoratiga qaytarish bilan tahdid qilgandi. gazeta.uz »

2025-2-6 17:23

AQSh o‘t ochish to‘xtatilganidan keyin Ukrainada saylovlar o‘tkazilishini xohlaydi — Reuters

AQSh Kiyev yaqin oylarda Rossiya bilan sulh tuzishga rozi bo‘lsa, Ukrainada prezident va parlament saylovlari o‘tkazilishini istaydi, dedi Trampning mazkur urush bo‘yicha maxsus vakili. G‘olib Moskva bilan uzoq muddatli kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun javobgar bo‘lishi mumkin, deb yozdi Reuters. gazeta.uz »

2025-2-1 19:00

“O‘tmish sarqiti”. AQSh davlat kotibligiga nomzod — O‘zbekiston va MOning boshqa davlatlariga qarshi “Jekson-Venik” tuzatishi haqida

AQSh davlat kotibi lavozimiga nomzod Marko Rubio Jekson-Venikning Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekistonga kiritgan tuzatishini “o‘tmish sarqiti” deb atadi. Senatorning tuzatishlarni bekor qilish haqidagi savoliga javoban u ham buni muhim deb hisoblashini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-1-17 10:37