Ðåçóëüòàòîâ: 42

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni 4 mlrd dollarlik kelishuvlarni imzoladi, loyihalar umumiy portfeli 30 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 4 mlrd dollarlik 10 ta hujjat imzolandi. Qo‘shma tashabbuslar umumiy portfeli 30 mlrd dollarga yetdi. InterHealth loyihasi imzolanishi, o‘ta yuqori kuchlanishli kabellar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-10-20 14:40

Sadir Japarov OAVga oid yangi qonunni imzoladi, unda mediaga qo‘yiladigan talablar kuchaytirilgan

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov OAV to‘g‘risida qonun imzoladi: endi internet platformalari, jumladan, sayt va bloglar ham majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Avvalroq huquqshunoslar qonun OAV ishini jiddiy ravishda cheklashini aytib, prezidentni parlament qabul qilgan qonunni rad etishga chaqirgandi. gazeta.uz »

2025-8-7 10:23

Zelenskiy antikorrupsiya idoralariga mustaqillikni qaytaradigan qonunni imzoladi

Vladimir Zelenskiy antikorrupsiya idoralariga mustaqillikni qaytaradigan qonunni imzoladi. “Ukraina demokratik davlatdir”, - dedi u. Avvalroq bu idoralarning mustaqilligini cheklovchi qonun qabul qilinishi ortidan namoyishlar bo‘lib o‘tgan, YeI esa moliyalashtirishni to‘liq to‘xtatish haqida ogohlantirgandi. gazeta.uz »

2025-7-31 15:51

O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida qo‘shma deklaratsiya imzoladi

Migratsiya agentligi raisi Behzod Musayev Shvetsiya migratsiya vaziri bilan noqonuniy migratsiyaning oldini olish, tashkillashtirilgan tizim yaratish, shved mehnat bozoriga o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan loyihalarni boshlash masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv yakunida qo‘shma deklaratsiya imzolandi. gazeta.uz »

2025-6-25 09:28

Toshkent hokimi qishga tayyorgarlik ko‘rishga oid farmoyishni imzoladi. Nimalar rejalashtirilyapti?

Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlashga doir farmoyishni imzoladi. Gaz, elektr, suv va issiqlik tarmoqlari, uylar, qozonxonalarni ta’mirlash rejalashtirilmoqda. Bu maqsadlar uchun 732,6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2024-9-13 19:31

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma imzoladi

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida qator hujjatlar, jumladan, Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, mehnat faoliyati va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish rejasi va boshqalar imzolandi. gazeta.uz »

2024-8-23 13:45

MO davlatlari rahbarlari 2040-yilgacha mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasini imzoladi

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari va delegatsiyalar a’zolari qator hujjatlarni, jumladan, “Markaziy Osiyo - 2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi va mintaqa davlatlarida transport-logistika markazlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. gazeta.uz »

2024-8-9 17:21