Ðåçóëüòàòîâ: 26

Armaniston parlamenti YIga kirishni boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Armaniston parlamenti mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Avvalroq bosh vazir Pashinyan loyiha YIga to‘g‘ridan to‘g‘ri a’zolikni anglatmasligi va bu masala bo‘yicha qaror referendum orqali qabul qilinishini aytgandi. gazeta.uz »

2025-2-12 14:11

Janubiy Koreya parlamenti prezidentga nisbatan tergov bo‘yicha maxsus prokuror tayinlanishini ma’qulladi

Janubiy Koreya parlamenti prezident Yun Sok Yolga qarshi ayblovlarni tergov qilish uchun maxsus prokuror tayinlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, prezident davlatga xiyonat va o‘z vakolatini suiiste’mol qilish ishi bo‘yicha gumon qilinmoqda va mamlakatni tark etishi taqiqlangan. gazeta.uz »

2024-12-10 13:53

Gruziya parlamenti prezidentning “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunga qo‘ygan vetosini chetlab o‘tdi

Gruziya parlamenti mamlakat prezidenti Salome Zurabishvilining “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi rezonansli qonunga qo‘ygan vetosini chetlab o‘tdi. Hukmron partiya ommaviy noroziliklarga qaramay, hujjatni qabul qildi. Yevropa Ittifoqi bundan “chuqur afsusdaligini” bildirdi. gazeta.uz »

2024-5-29 10:23

Gruziya parlamenti ommaviy norozilik namoyishlari ostida “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Gruziya parlamenti mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Prezident Salome Zurabishvili veto qo‘yishga va’da berdi, ammo hukmron partiya uni chetlab o‘tishi mumkin. gazeta.uz »

2024-4-18 09:18