Ðåçóëüòàòîâ: 119

Tramp AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlarini qisqartirishni buyurdi hamda ularni KXDRga nisbatan “dushmanona signal” deb atadi

Tramp AQShning Janubiy Koreya bilan birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlaridan norozi ekanini aytib, ularning ko‘lamini qisqartirishni topshirdi. U KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan “juda yaxshi munosabatlari”ga hamda Eron bilan bo‘lgan urushda Seulning Vashingtonni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortganiga ishora qildi. gazeta.uz »

2026-8-17 16:39

Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Afg‘onistonni qamrab olgan yagona taraqqiyot makonini shakllantirish uchun tarixiy imkoniyat paydo bo‘ldi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev MO va Ozarbayjon davlat rahbarlarining norasmiy Maslahat uchrashuvida mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini ta’kidladi. Uning fikricha, Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Afg‘onistonni qamrab olgan yagona taraqqiyot makonini shakllantirish uchun tarixiy imkoniyat ochilmoqda. gazeta.uz »

2026-7-31 13:42

“Markaziy Osiyo — Janubiy Kavkaz alohida formatini tuzish uchun zamin bor, ammo shoshilmaslik kerak” — siyosatshunos

Nega Janubiy Kavkaz O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylanib bormoqda? “Markaziy Osiyo - Janubiy Kavkaz” alohida formatini yaratish vaqti keldimi? Tashqi siyosiy tadqiqotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi Kamronbek Mamadaliyev Gazeta uchun ushbu savollarni javobladi. gazeta.uz »

2026-7-8 12:43

O‘zbekiston Albaniyaning Durres porti orqali Janubiy Yevropa bozorlariga chiqish imkoniyatini o‘rganadi

O‘zbekiston mahsulotlarini Janubiy Yevropa va O‘rta yer dengizi bozorlariga chiqarishda logistika habi sifatida Albaniyaning Durres portidan foydalanish imkoniyatlari o‘rganiladi. Ikki davlat rahbari agrosanoat majmui, “yashil” energetika, geologiya, axborot texnologiyalari va turizm sohalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2026-6-16 12:14

“Afg‘oniston-Pokiston orasidagi nizo MOning janubiy chegaralarida doimiy beqarorlikni yuzaga keltirishi mumkin” — ekspert

Pokistonning fevral oxirida Afg‘onistonga qarshi e’lon qilgan “ochiq urushi” Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarida keskinlikni kuchaytirmoqda. To‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy tahdid mavjud bo‘lmasa-da, nizo mintaqa uchun jiddiy xavflarni yuzaga keltiryapti. Gazeta ekspert bilan ehtimoliy oqibatlar haqida gaplashdi. gazeta.uz »

2026-3-30 15:21

O‘zbekistonda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda kimyo-texnologiya innovatsiya markazi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning kompaniyalari bilan hamkorlikda kimyo-texnologiya innovatsiya markazini tashkil etiladi. Markaz gaz va ko‘mir kimyosi, chuqur kimyoviy tahlil, sorbentlar, katalizatorlar, nano va kompozit materiallar kabi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borishga ixtisoslashadi. gazeta.uz »

2026-3-11 15:09

O‘zbekiston Xitoy va Janubiy Koreyadan o‘nlab poyezdlar sotib oladi, Hyundai Rotem dekabrdan kela boshlaydi

Hyundai Rotem tezyurar poyezdlari dekabrdan O‘zbekistonga yetib kela boshlaydi, 2026-yildan esa “Toshkent - Urganch - Xiva” yo‘nalishida harakatlanadi. Toshkent va uning aglomeratsiyasi uchun 23 ta “elektrichka”, tog‘li uchastkalar uchun Janubiy Koreya poyezdlari va Xitoydan 88 ta lokomotiv xarid qilish ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2025-11-13 20:57

Yashil iqlim jamg‘armasi MO va Janubiy Kavkazning suv resurslari va muzliklarini himoyalashga 250 mln dollar ajratdi

Yashil iqlim jamg‘armasi Osiyo taraqqiyot bankining “Muzliklardan fermer xo‘jaliklariga” dasturiga 250 mln dollar ajratishni ma’qulladi. Mablag‘lar muzliklarning tez erishiga eng zaif bo‘lgan 9 mamlakat, jumladan, O‘zbekistonda barqaror suv ta’minoti va qishloq xo‘jaligi tizimlarini yaratishga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-10-29 14:46

Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mavsumiy ishchilarni E-8 vizasi bo‘yicha qabul qilishni tiklaydi

Janubiy Koreya yana O‘zbekiston fuqarolarini mavsumiy ishlar uchun E-8 vizasi bilan qabul qiladi. Migratsiya agentligi va Kyonsan-Namdo provinsiyasi ma’muriyati o‘rtasida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha sakkiz oylik shartnomalar asosida Toshkent viloyatidan ishchilar yollash bo‘yicha kelishuv imzolandi. gazeta.uz »

2025-10-16 19:29

O‘zbekiston Janubiy Koreya provinsiyasi bilan ishchi vizalari bo‘yicha kelishuvga erishdi

Migratsiya agentligi va Kyonsan-namdo provinsiyasi o‘rtasidagi E-7 malakali ishchi vizasi bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik yoshlar provinsiyaning yirik sanoat tarmoqlarida hududiy viza asosida yuqori malakaga ega mutaxassis sifatida o‘z bilim va tajribalarini oshiradi. gazeta.uz »

2025-9-29 07:56

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida Texnologiya va sanoat sherikligi dasturi imzolanadi

Nyu Yorkda O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari uchrashuvida ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Muhim xomashyo, kimyo, mashinasozlik, aviatsiya kabi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan Texnologiya va sanoat sherikligi dasturini tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi. gazeta.uz »

2025-9-24 04:26