Đĺçóëüňŕňîâ: 24

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi IPO natijalarini e’lon qildi: 31% aksiyalarni sotishdan 603,6 mln dollar jalb qilindi

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasining aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirish doirasida 31% aksiyalarni sotishdan qariyb 603,6 mln dollar jalb qilindi. Joylashtirish narxi bo‘yicha fondning bozor kapitallashuvi taxminan 1,95 mlrd dollarga baholandi. Aksiyalar muomalasi 18-maydan boshlanishi kutilmoqda. gazeta.uz »

2026-5-13 10:39

“Ezgu Amal” jamg‘armasi xayriyalar kamayganiga qaramay, 2025-yilda yordam oluvchilar sonini oshirdi

“Ezgu Amal” fondi 2025-yil yakunlari bo‘yicha hisobot taqdim etdi. 596 nafar bola davolanish va dori-darmon bilan ta’minlanish uchun yordam oldi, bu o‘tgan yilgidan qariyb 2 karra ko‘p. Fond klinikalarni jihozlash va hospis yordamini rivojlantirishni davom ettirib, birinchi reabilitatsiya lagerini ishga tushirdi. gazeta.uz »

2026-4-28 08:58

“Navoiyazot” va Xalq banki Milliy investitsiya jamg‘armasi portfelidan chiqarilmoqda

Milliy investitsiya jamg‘armasi aktivlari tarkibi “yakuniy portfel” e’lon qilinganiga qaramay, yana o‘zgarishga uchradi. Undan “Navoiyazot” va Xalq bankidagi aksiyalar chiqarib tashlandi. Evaziga UzNIF “O‘zbektelekom”dagi yana 5%, “O‘zbekinvest”dagi 10% va “O‘zsanoatqurilishbank”dagi 10% li ulushlarni qabul qildi. gazeta.uz »

2026-3-2 21:57

Yashil iqlim jamg‘armasi MO va Janubiy Kavkazning suv resurslari va muzliklarini himoyalashga 250 mln dollar ajratdi

Yashil iqlim jamg‘armasi Osiyo taraqqiyot bankining “Muzliklardan fermer xo‘jaliklariga” dasturiga 250 mln dollar ajratishni ma’qulladi. Mablag‘lar muzliklarning tez erishiga eng zaif bo‘lgan 9 mamlakat, jumladan, O‘zbekistonda barqaror suv ta’minoti va qishloq xo‘jaligi tizimlarini yaratishga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2025-10-29 14:46

“Yakuniy qaror qabul qilinmagan”. Pensiya jamg‘armasi — O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish bo‘yicha tavsiyalar haqida

Pensiya jamg‘armasi O‘zbekistonda yaqin kunlarda pensiya yoshi oshirilishi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi. Tashkilotning ma’lum qilishicha, pensiya islohoti hozirda muhokama jarayonida bo‘lib, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari mamlakat sharoitiga mosligi va ta’siri tahlil qilinmoqda. gazeta.uz »

2025-6-26 10:39

“Konsertni tadbirkorlar tashkillashtirmoqda”. Madaniyat jamg‘armasi — Jennifer Lopesning konserti xarajatlari, “Bunyodkor” stadionining holati haqida

Amerikalik xonanda Jennifer Lopesning Toshkentdagi konserti Madaniyat jamg‘armasi va hamkor firmalar ko‘magida tashkillashtirilmoqda. Jamg‘arma vakilining aytishicha, xarajatlarga davlatdan mablag‘ olinmagan, shuningdek, “Bunyodkor” stadioni konsert o‘tkazishga tayyor. Maydondagi gazon tajribadan o‘tkazilgan. gazeta.uz »

2025-6-16 15:44

Franklin Templeton O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aktivlarini boshqaradi

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi AQShning aktivlarni boshqarish yo‘nalishida faoliyat yurituvchi Franklin Templeton kompaniyasi bilan ishonchli boshqaruv shartnomasini imzoladi. Kompaniya jamg‘armaga o‘tishi kutilayotgan 18 ta davlat koxonasi va banki aksiyalaridan iborat investitsion portfelni boshqaradi. gazeta.uz »

2025-2-3 14:33